17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:39
Jamiyat 👁 2,008

KUChIMIZ – DOʻST-BIRODARLIKDA

KUChIMIZ – DOʻST-BIRODARLIKDA

Mustaqillik xalqimizning oʻzligini anglashiga, otameros urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarini qayta tiklab, turmushimizdan joy olishiga imkon berdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda erishilgan ulugʻvor bunyodkorliklarning, iqtisodiy yuksalishlarning va farovonlikning muhim asoslaridan biri xalqimizning boqiy qadriyatlari, bagʻrikenglik, hamjihatlik va doʻst-birodarlikdir.

Bizning diyorimizda oʻzbeklar, qoraqalpoqlar bilan bir ogʻa-iniday boʻlib  130 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qilishadi. Shu Vatanni gullab-yashnagan, ozod va farovon oʻlkaga aylantirish, fuqarolarning obod turmush kechirishlariga erishishdek buyuk maqsad yoʻlida birdamlik bilan mehnat qilayotgan turli millat vakillarining ham azaliy qadriyatlariga hurmat bilan qaralishi lozimligi mamla-katimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyasida ham belgilab qoʻyilgan. Bu turmushimizda oʻzining amaliy ifodasini topmoqda.

Bizning "Doʻstlik” mahallamizda 3500 nafaraholi 875 ta oiladaistiqomat qiladi. Ularning 3276 nafari oʻzbeklar, 185 nafariqozoqlar, 42 nafari qoraqalpoqlar, 14 nafari turkmanlar, 12 nafari ruslar, 6 nafarikoreyslar va boshqa turlimillat vakillaridir.

Shunisi quvonarliki, aholining quvonch-tashvishi, toʻy-maʼrakasibir, bir-birlaribilan xuddi yaqin qarindoshdek ahil-inoq. Oʻzbekning toʻyida qozogʻ-u rus, qoraqalpoq xizmat qilsa, koreysning toʻy-maʼrakalaridagi urf-odatlari bilan ham tanish, barcha tashvishlarini birga yelkalaydilar. Bir qarashda bu soʻzlarimning mubolagʻasi borday tuyulsada, asli haqiqat va mamlakatimizning barcha hududlarida ham ana shunday turmush tarzi hukmron.

Millatlararo hamjihatlik, doʻst-birodarlik tuygʻulari turmushimizdan keng joy olayotgani muhim sanalarga bagʻishlab oʻtkaziladigan ulkan teatrlashtirilgan bayram tomoshalarida ham oʻz ifodasini topayotir. Tumanimizning koʻp millatli aholisi bayram tantanalarida faol ishtirok etishib, bu tomoshalardan yanada yangi marralarni zabt etish uchun kuch-ragʻbat oladilar.

Shubhasiz, biz nishonlashga qizgʻin hozirlik koʻrayotganimiz - Istiqlol bayrami fuqarolarimizning qalbidagi mustaqillikning qadr-qimmatini yanada teranroq anglashiga, 24 yillik tarixan qisqa davrda yurtimizda amalga oshirilgan ulkan yutuqlarning, ulugʻvor oʻzgarishlarning tub asosi tinchlik va osoyishtalik ekanligini chuqur idrok etishiga zamin boʻladi, mustaqillik degan buyuk neʼmatni yanada qadrlashga, asrashga undaydi.

Fursatdan foydalanib, mahallamizning bir oila farzandlariday ahil aholisini, tumanimiz fuqarolarini mustaqilligimizning 24 yilligi bilan qizgʻin qutlayman.

Abdusharif JUMANAZAROV, "Doʻstlik” MFY raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026