IFTIXOR
Istiqlol yillarida inson qadr-qimmati barcha narsadan yuqori qoʻyilib, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Tuman va shaharlarimizda barcha sharoitlarga ega shifoxonalar, oilaviy poliklinikalar, ovul va mahallalarimizda esa shahardan qolishmaydigan sharoitlarga ega zamonaviy qishloq vrachlik punktlari qad rostladi. Mustaqillik yillarida xalqimizning oʻrtacha yoshi 1990-yildagi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar oʻrtasida esa 75,8 yoshga yetgani jamiyatimizda inson omiliga katta eʼtibor qaratilayotgani, imkoniyat va gʻamxoʻrliklarning yorqin samarasidir. Joriy yilda keksalarimiz salomatliklarini yanada mustahkamlash, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, umuman olganda, nuroniy yurtdoshlarimizning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi ishlar
koʻlami yanada kengayadi. Bunga 2015 yilda mamlakatimiz Davlat byudjetining qariyb
60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgani ham mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶