14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:24
Fan va taʼlim 👁 3,455

TAʼLIM JARAYoNINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNING SIFATINI OShIRISh: MUAMMOLAR VA YeChIMLAR

TAʼLIM  JARAYoNINI TAKOMILLAShTIRISh  VA UNING SIFATINI OShIRISh:  MUAMMOLAR VA YeChIMLAR

Har yili eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – mamlakatimiz mustaqilligi bayrami va bilimlar kuni arafasida, yangi oʻquv yili oldidan xalq taʼlimi tizimi xodimlarining avgust Kengashlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Bu yil ham "Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim – Oʻzbekistonim!” shiori ostida mazkur anjuman va uning doirasidagi tadbirlar mustaqilligimizning 24-yilligiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilayotgan shunday fayzli kunlarda yurtimizning barcha joylarida boʻlgani kabi tumanimizda ham koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

Avvalo, shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, istiqlol xalqimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi, asriy orzularimiz roʻyobga chiqib, dunyo bilan boʻylasha oladigan, oʻz moddiy, madaniy va maʼnaviy xazinalarimizga oʻzimiz egalik qiladigan yorugʻ kunlarga yetishdik. Ayniqsa, taʼlim sohasi tub oʻzgarishlarga yuz tutdi. Endilikda xalq taʼlimi oʻn yil bir qolipda taʼlim berib, "qishloq xoʻjaligi va xalq xoʻjaligi uchun oʻrta maʼlumotli mutaxassislar yetkazib berish”dek biryoqlama siyosat asosida ish yurituvchi sohadan yurt kelajagi boʻlmish yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol, jismonan va maʼnan sogʻlom qilib voyaga yetkazuvchi uzluksiz taʼlim tizimining bir boʻgʻini darajasiga yetdi.

Istiqlol sharofati bilan farzandlarimizning zamon talablari darajasida bilim olishlari, sport bilan shugʻullanishlari, barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun tumanimizda 83 ta umumtaʼlim maktablari, 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 3 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, 2 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda "Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyat yuritmoqda. Uzluksiz taʼlimning keyingi bosqichi - akademik litsey hamda 8 ta kasb-hunar kollejlarida esa tumanimiz yoshlari ilm-u hunar sirlarini chuqur oʻrganmoqdalar.

Eng muhimi, davlatimizning sohada amalga oshirayotgan islohotlari bugun oʻz samarasini bermoqda. Buni ertangi kunimizning davomchilari boʻlmish farzandlarimiz erishayotgan yutuqlar, ularning kuchli, bilimli va dono, yetuk insonlar boʻlib voyaga yetayotgani misolida ham koʻrishimiz mumkin.

Biz – taʼlim sohasi xodimlarini quvontiradigan jihati shundaki, bugungi davr oʻqituvchisi ana shu islohotlarni harakatga keltiruvchi, yangiliklarni amaliyotga tatbiq qiluvchi eng katta kuchmiz. Bu – bizga nafaqat gʻurur bagʻishlaydi, balki zimmamizga katta masʼuliyat ham yuklaydi. Shunday ekan, bayram arafasida nafaqat bosib oʻtgan yoʻlimizga nazar tashlab, yutuqlarimiz bilan faxrlanishimiz, balki yangi oʻquv yili oldidan oʻtgan oʻquv yilida yoʻl qoʻygan kamchiliklarimizni tahlil qilib, kelgusida ularning oldini olish choralarini koʻrishimiz, yangi rejalar bilan yanada yuksak marralar sari intilishimiz darkor. Shunday ekan, bugun – yangi oʻquv yili ostonasida taʼlim tizimi oldidagi baʼzi muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritishimiz tabiiy hol, albatta.

Bir vaqtlar tumanda kompyuter sinflari mavjud maktablar soni atigi 4 tani tashkil qilgan boʻlsa, bugungi kunda ular soni 59 taga yetganini, bu maktablarda taʼlim olayotgan yoshlarimiz "ZiyoNET” tarmogʻidan foydalanib, dunyoga yuz tutayotganini faxr bilan tilga olamiz. Ammo, faxrlanish bilan ish bitmaydi, bu imkoniyatlardan dars jarayonida foydalanish kerak. Bu borada baʼzi maktablar mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanmayotganini qanday tushunish mumkin?

Yana bir misol. Yaqin oʻtmishda maktablarimizning 24 tasidagina sport zallari mavjud edi. Ushbu koʻrsatkichlarimiz joriy yilda foydalanishga topshiriladigan 55-sonli maktab sport zali bilan qoʻshib hisoblaganda 51 tani tashkil qiladi. Sportning ommaviyligini taʼminlash, sport bilan shugʻullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida mustaqillik yillarida qurilib, foydalanishga topshirilgan 2- va 3-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining yangi binolari bu boradagi imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi. Shunday bir sharoitda ayrim maktablarda sport zallaridan, u yerda mavjud sport jihozlaridan foydalanish darajasi bugungi kun talabiga javob bermayotganini qanday izohlash mumkin?

Joriy oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarining 3-sinflarida, kelgusi oʻquv yilidan boshlab oʻz navbatida 4-sinflarida ham chet tillari, xususan, ingliz tili fani toʻliq oʻqitila boshlaydi. Buning uchun bugungi kungacha taʼlim muassasalarida tashkil qilingan 140 dan ortiq chet tili xonalariga zamonaviy AKT jihozlari, 14 ta jamlanmada noutbuklar keltirib berildi. Yangi oʻquv yiliga qadar esa qolgan chet tili xonalari uchun ham xuddi shunday jamlanmalar keltirilishi kutilmoqda. Lekin taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili fani oʻqituvchilarimizga asosli eʼtirozlarimiz talaygina. Chunki, chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻtgan oʻquv yilida tashkil qilingan maqsadli malaka oshirish kurslaridagi mashgʻulotlar yakuni boʻyicha oʻtkazilgan sinovlarda aksariyat oʻqituvchilarimiz belgilangan talablar darajasida oʻzlashtirishga erisha olmaganlar. Buni izohlashga hech qanday bahona boʻlishi mumkin emas. Asosiy kamchiligimiz – baʼzi oʻqituvchilarimiz oʻz ustida ishlamasligi, malakalarini oshirib borish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratishmayotganidir.

Ishlarimiz natijalarini koʻrsatuvchi katta tadbirimiz bu – maktablarning 5-8-sinf oʻquvchilari orasida oʻtkaziladigan "Bilimlar bellashuvi” hamda 9-sinf oʻquvchilari orasida oʻtkaziladigan fanlar olimpiadasidir.

Oʻtgan 2014-2015 oʻquv yilida boʻlib oʻtgan  "Bilimlar bellashuvi”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok qilgan tumanimiz jamoasi  Respublikaning 15 ta tuman va shaharlari orasida 6-oʻrinni egalladi. Ushbu natijalarga erishishda oʻz hissalarini qoʻshgan fidoyilarimizga minnatdorchilik bildirgan holda aytish kerakki, bu koʻrsatkich bizni qoniqtirmaydi, bu boradagi ishlarimizni tubdan yaxshilashimiz lozim.

Joriy oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami 695 ta umumtaʼlim maktablari orasida 10 ta parametr boʻyicha reyting koʻrsatkichlari shakllantirilgan edi. Ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha tumanimiz umumtaʼlim maktablari orasida eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 64-sonli umumtaʼlim maktabi 19-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, 11-, 15-, 45-, 40-, 22-, 6-, 18-, 36- va 33-sonli maktablar 69-77 ball bilan Qoraqalpogʻistonning 100 ta eng ilgʻor maktablari qatoridan joy oldi. Ular bilan bir xil sharoitlarda mehnat qilayotgan 25-, 54-, 66-, 68-, 70-, 51-, 72-, 81-, 65-, 53- va 49-sonli umumtaʼlim maktablari esa 600-oʻrindan past koʻrsatkichni qayd qilishganini qanday izohlash mumkin?

Yana bir masala – joriy yilning 15 sentyabrigacha barcha taʼlim muassasalarida har bir muassasa rahbaridan tortib maktab oʻquvchisi, bogʻcha tarbiyalanuvchisi, jamiki pedagog-xodimlarning har bir taʼlim muassasasiga xos boʻlgan maktab formasiga oʻtishlari qatʼiyan talab qilinmoqda. Ushbu talab zamirida juda katta maʼno-mantiq bor ekanligini  esdan chiqarmasligimiz shart.

Bugun dunyo jamoatchiligi oldida turgan eng katta muammolardan biri – yoshlarning turli zararli oqimlarga kirib ketayotgani, ular orasida ichkilikbozlik, giyohvandlik keng quloch yoyib, yoshlarning jinoyatchilikka moyilligi ortib borayotgani kabi salbiy holatlardir. Yoshlarimizning boʻsh vaqtini toʻgʻri tashkil qilish orqali biz ularni bunday nojoʻya taʼsirlardan himoyalashga erishgan boʻlamiz.

Oʻylaymanki, joriy yilda kapital rekonstruktsiya qilinayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, "Barkamol avlod” bolalar markazi kabi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari hamda 3 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishimiz bu boradagi ishlarimizni ancha yengillatadi.

Maktabgacha taʼlim – taʼlim jarayonining asosiy boʻgʻinlaridan biri sanaladi. Ushbu maqsadda tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan jami 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalarida tumanimiz aholisining 2633 nafar oʻgʻil-qizlari tarbiyalanmoqda. Ularga tegishli malakaga ega boʻlgan  415 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Maktabgacha taʼlim muassasalari moddiy bazasini yaxshilash maqsadida joriy yilda Mangʻit shahridagi 5- hamda 43-sonli MTMlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 2016 va undan keyingi yillarda maktabgacha taʼlim muassasalari moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha manzilli dastur doirasidagi qurilish-taʼmirlash ishlari boshlanganligi hammamizni birdek quvontirmoqda.

Shunday bir sharoitda "Boʻz yop” ovulidagi 14-sonli, Kuyuk koʻpir ovulidagi 21-sonli, "Toʻlqin” ovulidagi 23-sonli, "Choykoʻl” ovulidagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarida bugungi kunda olib borilayotgan faoliyat talab darajasida, deb boʻlmaydi. Ushbu maktabgacha taʼlim muassasalarida, birinchi navbatda, sogʻlom muhit barqaror boʻlishi, muassasada taʼlim-tarbiya ishlari yuqori saviyada tashkil qilinishi lozim.

Yuqorida tilga olib oʻtilgan kamchiliklarning aksariyati oʻqituvchi shaxsi bilan bevosita bogʻliq. Shunday ekan, ularni bartaraf qilish va yanada ulkan yutuqlarga erishish uchun yangi 2015-2016 oʻquv yilida oʻqituvchilarimizdan faollik va tashabbuskorlik talab qilinadi. Ishonamizki, jonkuyar va fidoyi, izlanuvchan va intiluvchan oʻqituvchilarimiz bu ishlarning uddasidan chiqib, Yurtboshimiz va hukumatimiz, xalqimiz ishonchini oqlab, farzandlarimiz kamoli yoʻlida bor kuch-gʻayratini safarbar qilishadi.

Yangi oʻquv yili oldidan ulkan rejalarni koʻngliga tugib, jonajon maktab sinfxonasidagi qaynoq ish faoliyati boshlanishini, sevimli oʻquvchilariga ilm-fan sirlarini oʻrgatish fursati kelishini intizorlik bilan kutayotgan hamkasblari-mizga, fidoyi ustozlarimizga mustaqillik bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, yangi oʻquv yilingiz omad va zafarlarga boy boʻlsin, deya tilak bildiramiz! Ona Vatanimiz kelajagi bunyodkorlariga ilm-u irfon sirlarini oʻrgatishdan aslo charchamang, qadrli oʻqituvchilar!

Ashirboy QOʻShAYeV,

tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini

metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019