QISQA SATRLARDA
"Jayxun ilhomlari”dan yangilik
"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti Özbekiston Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasiga aʼzo böldi.
ÖzNNTMA aʼzo taşkilotlarga taşkiliy-huquqiy, moddiy va uslubiy yordam körsatadi. Turli taşkilotlar, şu jumladan xorijiy taşkilotlarning grantlarini jalb qilişda yordam beradi.
Bundan taşqari, aʼzo taşkilotlar assotsiatsiyaning grant tanlovlarida iştirok qiliş imkoniyatiga ham ega böladi. Endilikda, uşbu assotsiatsiya tuman ijodkorlari uyuşmasini ham har tomonlama qöllab-quvvatlaydi.
***
PLENUM BÖLIB ÖTDI
Yaqinda Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşining navbatdagi II Plenumi bölib ötdi. Plenumda partiyaning Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma tört yilligiga bağişlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” şiori ostida ötkaziladigan tadbirlar rejasi, partiyaning 2015-yil birinçi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari va ikkinçi yarim yillikdagi faoliyatning asosiy yönalişlari hamda partiya faoliyatiga oid boşqa masalalar muhokama etildi.
***
KOMPYuTER SOVĞA QILINDI
Özbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bosma ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari va veb-saytlarni qöllab-quvvatlab, ularning moddiy-texnika bazasini yaxşilaş işlarini tizimli ravişda amalga oşirib kelmoqda.
Yaqinda "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatiga "Keksalarni eʼzozlaş yili” davlat dasturi doirasidagi tadbirlarni yoritişdagi faolligi uçun fond tomonidan kompyuter sovğa qilindi.
***
BAYRAM ARAFASIDA
"Çoyköl” ovulining markaziy guzari Mustaqillik bayrami arafasida yanada körkam qiyofa kasb etdi. "Şayx qalʼa” aholi punkti hududidagi madaniyat va aholi dam oliş maskani joylaşgan köça tuman yöl quriliş, pudrat, taʼmirlaş va foydalaniş korxonasi tomonidan asfalt qilinib, barça xonadonlarning fasad qismlari töliq taʼmirlandi. Atrofi anvoyi gullarga burkangan madaniyat va aholi dam oliş maskanida deyarli har haftada hududdagi maktab öquvçilari va ovulning havaskor yoşlari tomonidan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” şiori ostida bayram dasturlari namoyiş etilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶