22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:34
Jamiyat 👁 2,418

ISTIQLOL BERGAN FAROVON TURMUSh

ISTIQLOL BERGAN FAROVON TURMUSh

Istiqlol bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Biz mustaqilligimizning qadriga yetish uchun bosib oʻtgan tarixan qisqa davrda nimalarni boshdan kechirdik, muhtaram Prezidentimiz aytganidek, "Biz kecha kim edigu bugun kim boʻldik” degan savolni har birimiz oʻzimizga berib koʻrishimiz kerak.

Yurtimiz istiqlolga erishganidan buyon tumanimiz hududida juda koʻp ishlar amalga oshirildi. Katta xajmda bunyodkorlik ishlari  amalga oshirilib, yangi bogʻchalar, maktablar, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey, yangi bozorlar, doʻkonlar, toʻyxonalar, istirohat bogʻlari bunyod etildi. Bularning hech biri mustaqillikdan oldingi davrda boʻlgan emas. Hozirgi kunda tumanimiz yoshlari chet ellarda tahsil olishmoqda. Tadbirkorlarimiz esa chet davlatlar bilan savdo aloqalarini oʻrnatib, tumanimizda yetishtirilgan mahsulotlarni chet ellarga olib chiqishmoqda.

Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshiri-layotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijalari nuroniylarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikda oʻz ifodasini topmoqda. 2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan "Keksalarni eʼzozlash yili”  Davlat Dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq bizning fondimiz tomonidan ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Faxriylarni, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy muhofazalash, ularga moddiy-maʼnaviy koʻmak berish ustuvor vazifalarimizdan biridir. Tumanimizda 16 nafar urush qatnashchisi, 319 nafar front-orti faxriylari, yakka-yolgʻiz fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirildi. 16 nafar urush qatnashchisining barchasiga analogli va raqamli televideniya signallarini qabul qiladigan televizorlar berildi. Shuningdek, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, shuningdek yolgʻiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kishilarning 2015-2017-yillarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashning hududiy dasturlarini ishlab chiqdi  va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj keksalarning uylarini hashar yoʻli bilan joriy taʼmirlash, zarur hollarda esa mukammal taʼmirlashni, shuningdek hovlilarini obodonlashtirishni nazarda tutgan holda ularning turar-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha amaliy ishlar qilinishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolar yigʻinlarida 15-apreldan 15-may oraligʻida "Keksalar duosini olaylik” shiori ostida aktsiya oʻtkazildi. Aktsiya davomida xududdagi 2000 nafardan ziyod qariya otaxonlar va onaxonlar savobli ishga qamrab olindi. Xududdagi barcha umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarida keksalar bilan 111 ta uchrashuvlar, badiiy kechalar va kontsert dasturlari tashkil etildi. Bunga 1024 nafar keksalarimiz qatnashdilar, xomiylar tomonidan 3 mln. soʻmlik sovgʻalar berildi.

Hozirgi kunga kelib tumanimizdagi 47 ta ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida Mustaqilligimzning 24 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha qizgʻin ish olib borilayapti.  Barcha mahallalarda bayramga tayyorgarlik koʻrish va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha guruhlar tuzildi. Mustaqillik bayrami arafasida shahrimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshadigan bir qator binolar, xususan "Kamolot uyi”, 70 ta namunali uylar, "Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosi va mahalla guzari, chekka qishloqlarimizda goʻzallik salonlari, savdo va maishiy hizmat koʻrsatish shoxobchalarini foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, hozirgi kunda  tumanimiz hududida 6 ta sunʼiy qoplamali chim yotqizilgan mini futbol maydonchalari mavjud boʻlib, bayram arafasida yana 2 ta shunday maydonning foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Tumanimizdagi har bir fuqaro istiqlol bayramini yuragida oʻzgacha fahr va iftihor bilan kutmoqda, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Istiqlolimizning 24 yillik shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib borib, hammaga bayram kayfiyatini ulashmoqda. Men barcha yurtdoshlarimizni istiqlolimizning 24 yilligi bilan muborakbod etaman.

Rustam ROʻZMETOV, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026