HAMJIHATLIK SAMARASI
Bugungi kunda tumanimizda bölayotgan rivojlanişni körib, keçagi kunlar bilan solştirsak, ming bora şukronalar aytsak arziydi. Yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik işlari, yoşlarimizning keksalarga körsatayotgan hurmat-ehtiromlarini aytmaysizmi? Bularning hammasi avvalo oila, mahalla va taʼlim muassasalarining hamkorligi natijasida farzandlarning olayotgan taʼlimtarbiyasi bölsa ne ajab. Bizning davlatimizda har bir fuqaro vijdon erkinligini his qilib yaşamoqda. Davlatimizda bu borada olib borilayotgan odilona siyosat natijasi ölaroq har kim özi xohlagan dinga eʼtiqod qiliş, yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega.
Mana, elimizga muqaddas Ramazon oyi kirib keldi. Yurtimizdagi möʼminu musulmonlar uşbu oyda röza tutib, Allohning savobidan bahramand bölib, umrguzaronlik qilmoqdalar.
Men imomlik qilayotgan Xitoy ovuli hududida ham köp savobli işlar qilinmoqda. Hududdagi barça qabristonlar atroflari tozalanib, tartibga keltirildi va lozim bölgan joylarda taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Köçalar, xonadonlarning tozaligi va obodligiga eʼtibor qaratilmoqda va bu borada tarğibot-taşviqot işlari doimiy ravişda olib borilmoqda. Bu işlarning olib borilişida menga yaqindan amaliy yordam berib kelayotgan Xitoy OFY raisi Davlatboy Atajonov, "Namuna” MFY raisi Köklan Yusupov, "Tor yop” MFY raisi Davlatboy Ötaboyev, qolaversa, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Gulmirza Bobojonov va mahalla imomlariga çuqur minnatdorçilik bildirmoqçiman.
Ularning yordami bilan hududimizda har bir maʼraka, töyu-tomoşalar ixçam, kamçiqim va tartibli ravişda ötkazilmoqda.
Fursatdan foydalanib butun tumanimiz ahlining, barça möminu musulmonlarning Rözai Ramazon savobidan bahramand bölişligini tilab qolamiz.
Farhod AVEZOV, Xitoy ovuli.
(Foto - http://muslim.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶