Içimlik suvining sifati ustidan qatʼiy nazorat örnatilmoqda
Suv — nafaqat hayot manbai, balki kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyat demakdir. Ayniqsa, ekologik muvozanatni saqlaş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş global ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda, içimlik suvining har bir tomçisini qadrlaş dolzarb masalaga aylangan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi bu borada tizimli nazoratni amalga oşirib, sohada qonun ustuvorligini taʼminlaş yölida samarali faoliyat yuritmoqda qilmoqda.
Bu borada avvalo isteʼmol qilinayotgan suvning sifat körsatkiçlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, aholi salomatligi bevosita isteʼmol qilinayotgan suvning tozaligiga boğliq. Şu sababli, Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi bilan yaqin hamkorlik örnatilib, hududlar kesimida içimlik suvi sifati böyiça jami 213 ta laboratoriya tahlillari olindi. Bu körsatkiç har bir xonadonga va taşkilotga yetib borayotgan suvning davlat standartlariga muvofiqligini taʼminlaş yölidagi muhim qadamdir.
Inspektsiyaning içimlik suvidan oqilona foydalaniş va sotişni muvofiqlaştiriş hamda oqova suv xizmatlaridan foydalaniş bölimi xodimlari rejaga asosan Amudaryo tumanida ham bölib, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari bilan hamkorlikda aholi xonadonlari va taşkilotlarga yetkazib berilayotgan içimlik suvining sifatini taʼminlaş borasida örganiş işlarini olib bordilar.
Nazorat tadbirlari faqatgina sifat bilan çeklanib qolmay, balki davlat mablağlaridan foydalanuvçi taşkilotlardagi içki intizomni ham qamrab olmoqda. Birgina joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 63 ta byudjet taşkilotlarida içimlik suvidan foydalaniş qoidalariga rioya qilinişi holati çuqur örganildi.
Afsuski, tekşiruvlar natijasida 15 ta holatda jiddiy kamçiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça tegişli körsatmalar berildi. Masʼuliyatsizlikka yöl qöygan va belgilangan tartib-qoidalarni buzgan 7 nafar byudjet taşkiloti xodimlariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga asosan jami 30 million söm miqdorida jarimalar qöllanildi. Bu çoralar davlat mulki va resurslariga bölgan munosabatni tubdan özgartirişga xizmat qiladi.
Inspektsiya oldida turgan eng asosiy vazifa — faqatgina jazolaş emas, balki aholi va tadbirkorlar örtasida suvdan foydalanişning yuksak madaniyatini şakllantiriş, aholiga yetkazib berilayotgan içimlik suvining belgilangan talablarga mos bölişini taʼminlaşdir. Zero, sifat bor joyda salomatlik böladi, tejamkorlik bor joyda esa isrofgarçilikka çek qöyiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan amalga oşirilayotgan bu kabi tizimli işlar suv taʼminotida uzluksizlikni taʼminlaş va sifatni kafolatlaşga qaratilgan yaxlit strategiyaning bir qismidir. Zero, suv — bu şunçaki resurs emas, balki millatning soğliği, iqtisodiyotning barqarorligi va farovon turmuşning kafolatidir.
Sohadagi nazorat tadbirlari kelgusida ham izçil davom ettirilib, har bir tomçi suvning hisob-kitobli, xizmatlar sifatining esa yuqori darajada bölişi taʼminlanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶