KOLLEJ “ŞUNQORLARI”
Dörman qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida öquvçi-yoşlarning har tomonlama çuqur bilim olişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilgan. Ayniqsa, yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning harbiy sohaga qiziqişlarini röyobga çiqariş borasida kollejda olib borilayotgan işlar eʼtiborga loyiq.
2014-2015 öquv yilida tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari örtasida bölib ötgan "Şunqorlar” harbiy sport musobaqasida kollejning "Jangovor” jamoasi tumanda faxrli 1-örinni egallab, mazkur bellaşuvning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma olişgandi. Jamoa aʼzolari zimmasiga bu yutuq katta masʼuliyat yukladi. Respublika miqyosidagi bellaşuvlarda barça tumanlardan kelgan "Şunqorlar” jamoalarini yengib, mutlaq ğoliblikni qölga kiritgan kollej öquvçi-yoşlari bellaşuvning Özbekiston Respublikasi bosqiçiga ustozlari Otamurod Yusupov bilan puxta taraddud körişdi.
Yaqinda "Şunqorlar” harbiy sport musobaqasining Özbekiston Respublikasi bosqiçi Jizzax viloyatida kötarinki ruhda ötkazildi. Mazkur musobaqada mamlakatimizning barça viloyatlaridan kelgan ğolib jamoalar özaro kuç sinaşdilar. Kuçlilarning eng kuçlilari iştirok etgan musobaqa ğoyat qizğin va taassurotlarga boy böldi. Dörmanlik şunqorlar, yaʼni "Jangovar” jamoasi aʼzolari bellaşuvning final bosqiçida faxrli 4-örin sohibi bölişdi va musobaqa taşkilotçilari tomonidan qimmatbaho sovğalar, "Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlanişdi.
Jamoaning Şahzod Abdurasulov, Sardor Jumatov, Oğabek Abdullayev, Oğabek Aminov, Yunusbek Rahimov, Ikromjon Sobirov, Jaloliddin Soatov, Dilmurod Davletov, Jörabek Bekçonov hamda Ortiqboy Rahimboyev kabi aʼzolari özlarining bilimdon va epçilliklari bilan hakamlar hayʼati aʼzolarining eʼtibor va olqişiga sazovor bölişdi.
Kollejning harbiy-sportçi yoşlari albatta, kelajakda mustaqil Özbekistonning gullab-yaşnaşiga xizmat qiladigan munosib farzandlar bölib voyaga yetişlariga işonamiz.
H.DAVLETOVA,
Dörman qişloq xöjalik
kasb-hunar kollejining huquqiy maslahatçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶