14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:51
Jamiyat 👁 233

83-SONLI MAKTABDA “UCh AVLOD UChRAShUVI” TADBIRI OʻTKAZILDI

83-SONLI MAKTABDA “UCh AVLOD UChRAShUVI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Katta yoshdagilarni eʼzozlash, ularning bosib oʻtgan mashaqqatli va sharafli yoʻlidan saboq olish hamda yosh avlodga ibrat qilib koʻrsatish xalqimizning azaliy va ezgu qadriyatlaridan hisoblanadi. Amudaryo tumanidagi 83-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir aynan shu gʻoyalarni oʻzida mujassam etdi. Ushbu uchrashuv yoshlar qalbida tarixga hurmat, Vatanga muhabbat va tinchlik qadrini anglash tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyazov tashabbusi va boshchiligida oʻtkazildi. Uchrashuvda bir guruh faxriylar, Afgʻon urushi qatnashchilari, harbiy xizmatchilar hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etib, turli avlodlar oʻrtasida samimiy muloqot muhiti yaratildi.

Tadbirni maktab direktori Dilafruz Ismoilova hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Anorgul Holimbetova ochib berdilar. Ular oʻz soʻzlarida bu kabi uchrashuvlar yosh avlod tarbiyasida, ayniqsa, maʼnaviy kamolot va hayotiy tajriba oʻrtasidagi bogʻliqlikni anglashda beqiyos ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

Davra suhbatining eng taʼsirli qismi Afgʻon urushida ishtirok etgan baynalmilal jangchilarning chiqishlari boʻldi. Faxriylar oʻsha suronli yillar, ogʻir jang maydonlari, qurbon boʻlgan safdoshlar, doʻstlik va jasorat haqidagi xotiralarini oʻquvchilar bilan samimiy ravishda oʻrtoqlashdilar. Ularning har bir soʻzi, har bir xotirasi yoshlar uchun tirik tarix darsiga aylandi.

Faxriylarning hikoyalari orqali oʻquvchilar tinchlikning naqadar buyuk neʼmat ekanligini yanada chuqur his etdilar. Urush azoblari haqidagi xotiralar yoshlar qalbida Vatanni asrash, yurt osoyishtaligini qadrlash kabi tuygʻularni mustahkamladi.

Uchrashuvda Qilichboy ovulida joylashgan harbiy qism vakillarining ishtiroki tadbirga alohida ruh bagʻishladi. Serjant Rustam Vahabov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar oʻquvchilarga Vatan himoyachisi boʻlishning sharafi, masʼuliyati va fidoyiligi haqida batafsil soʻzlab berdilar. Ular harbiy hayot tartibi, intizom, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarlikning ahamiyati haqida ham maʼlumotlar berdilar.

Harbiy libosdagi mard oʻgʻlonlarning savlat toʻkib turishi ayniqsa oʻgʻil bolalarda harbiy kasbga boʻlgan qiziqishni kuchaytirdi. Ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, xizmat sharoiti, tayyorgarlik jarayonlari va kelajakda harbiy boʻlish imkoniyatlari haqida toʻliq maʼlumotlar oldilar. Bu kun ular uchun kitobda oʻqilmaydigan, balki bevosita guvohi boʻlingan tirik tarix darsi sifatida yodda qoldi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur uchrashuv yoshlar qalbida vatanparvarlik, tinchlikka ehtirom va ajdodlar jasoratiga sadoqat tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kabi tadbirlar kelajak avlodning maʼnaviy barkamol, yurt taqdiriga daxldor va faol fuqaro boʻlib kamol topishiga xizmat qilishi bilan qimmatlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019