Mehnat yarmarkasida 16 nafar fuqaro doimiy işga joylaşdi
Amudaryo tumanida aholi bandligini taʼminlaş, ayniqsa işsiz aliment tölovçilarni işga joylaştiriş orqali ularning ijtimoiy masʼuliyatini oşirişga qaratilgan navbatdagi amaliy tadbir — böş iş örinlari mehnat yarmarkasi taşkil etildi. Tuman Kamağalllikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Amudaryo tumani bölimi bilan hamkorlikda ötkazgan mazkur yarmarka işsiz fuqarolarni munosib iş örinlari bilan taʼminlaş, ularga huquqiy maslahat beriş hamda kasbga yönaltiriş kabi vazifalarni özida jamladi.
Tadbirda hamkor taşkilotlar va tijorat banklari vakillari faol iştirok etdi. Xususan, Özbekiston mahallalar uyuşmasi Amudaryo tumani bölimi boşliği Alişer Yuldaşev, Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bölimi boşliği, I-darajali yurist Medetbay Ismetullayev, şuningdek, tuman Içki işlar bölimi huzuridagi Probatsiya bölimi boşliği Ruslan Iskandarovlar yarmarka jarayonida iştirokçilar bilan muloqot qilib, bandlik masalalaridagi mavjud imkoniyatlar va hamkorlik yönalişlariga töxtaldi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 37 ta korxona va taşkilot 127 ta böş iş örni bilan qatnaşdi. Bu esa iş qidirayotganlar uçun tanlov imkoniyatini kengaytirib, turli soha va yönalişlarda işga joylaşişga yöl oçdi. Yarmarkada jami 52 nafar fuqaro iştirok etdi. Ular orasida işsizlar, probatsiya hisobida turgan şaxslar, aliment tölovçilar hamda nogironligi bölgan şaxslar borligi tadbirning ijtimoiy ahamiyatini yanada oşirdi.
Yarmarka davomida tuman Kamağalllikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi xodimlari iştirokçilarga har tomonlama amaliy yordam körsatdi. Jumladan, böş iş örinlari va ularga işga joylaşiş tartiblari tuşuntirildi, işsiz aholini kasb-hunarga öqitiş imkoniyatlari böyiça maʼlumotlar berildi, fuqarolarni xorijiy davlatlarga qonuniy asosda işga joylaştiriş masalalari yuzasidan maslahatlar taqdim etildi. Şuningdek, mehnat huquqlari va mehnat muhofazasiga oid huquqiy kömakni kuçaytiriş maqsadida videoroliklar, bannerlar, broşyura va bukletlar orqali keng tarğibot işlari ham taşkil etildi.
Tadbirning amaliy natijasi sifatida 16 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi. Ulardan 10 nafari aliment tölovçilar bölib, 6 nafari esa işsiz fuqarolardir.
Bundan taşqari, 17 nafar fuqaroga mehnat qonunçiligiga oid masalalar hamda mavjud böş iş örinlariga ötkaziladigan tanlovlar böyiça huquqiy maslahat va amaliy yordam körsatildi. Yarmarka jarayonida alohida yönalişlar kesimida ham tuşuntiriş işlari olib borildi: 12 nafar fuqaroga böş iş örinlari va işga joylaşiş tartiblari böyiça, 8 nafar fuqaroga kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş böyiça, 12 nafar fuqaroga xorijda işlaş imkoniyatlari böyiça, 8 nafar fuqaroga mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar, zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi.
Amudaryo tumani Kamağalllikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi tomonidan bunday tadbirlarni tizimli ravişda davom ettiriş rejalaştirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶