Travmatologiya va ortopediyada yangi yondaşuvlar amaliyotga joriy qilinmoqda
Respublika miqyosida soha böyiça yetakçi muassasalardan biri hisoblangan Respublika ixtisoslaştirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan taşrif buyurgan tajribali travmatolog-ortoped şifokor Ğulomjon Zufarov Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasida bölib, şifoxonada davolanayotgan bemorlarni bevosita tibbiy körikdan ötkazdi hamda joylarda faoliyat olib borayotgan davolovçi şifokorlarga amaliy va uslubiy tavsiyalar berdi.
Taşrif doirasida şifokor Ğulomjon Zufarov tomonidan turli yoş toifasidagi bemorlarning holati atrofliça örganilib, kasalliklarni erta aniqlaş va samarali davolaşga qaratilgan zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi. Xususan, bolalar orasida uçraydigan 5 ta turli ortopedik va travmatologik kasallik, şuningdek, kattalarda köp uçraydigan 3 ta asosiy kasallik — gonartroz, koksartroz hamda osteoxondroz böyiça alohida töxtalib ötildi.
Mutaxassis uşbu kasalliklar böyiça yagona reyestr yuritişning ahamiyatiga eʼtibor qaratib, aholi orasida xavf guruhiga kiruvçi şaxslarni barvaqt aniqlaş maqsadida tizimli skrining işlarini taşkil etiş zarurligini taʼkidladi. Ayniqsa, bu kasalliklarning ilk bosqiçlarida aniqlanişi davolaş samaradorligini oşirişi, oğir asoratlarning oldini olişi qayd etildi.
Şuningdek, tumanda zamonaviy davolaş usullarini joriy etiş, innovatsion tibbiy texnologiyalardan foydalaniş hamda profilaktika işlarini kuçaytiriş masalalari yuzasidan qator aniq taklif va tavsiyalar berildi. Muhokamalar davomida uşbu kasalliklarga qarşi kuraşişda 12 turdagi davolaş usuli va 3 turdagi diagnostika yönalişini tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga bosqiçma-bosqiç joriy etiş imkoniyatlari atrofliça körib çiqildi.
Taşrif çoğida bemorlarni individual tarzda körikdan ötkazişga alohida eʼtibor qaratildi. Har bir bemorning holati, kasallik keçişi, oldin qöllanilgan davo çoralari tahlil qilinib, keyingi davolaş rejasi böyiça aniq tavsiyalar berildi. Bu esa bemorlar uçun samarali va manzilli tibbiy yordam körsatiş imkonini yaratdi.
Bundan taşqari, zamonaviy kam jarohat yetkazuvçi operatsiyalarni bajariş, yaʼni minimal invaziv usullar orqali jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş böyiça ham mahalliy şifokorlarga amaliy maslahatlar berildi. Bu usullar bemorlarning tezroq soğayişi, operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayişi va reabilitatsiya jarayonining qisqarişiga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Umuman olganda, mazkur taşrif Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasi şifokorlari uçun muhim tajriba almaşinuvi maydoni bölib xizmat qildi. Berilgan tavsiyalar va amaliy körsatmalar joylarda ortopediya va travmatologiya yönalişida tibbiy xizmat sifatini yanada oşiriş, aholi salomatligini mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶