Arna böyi mahallasida asalariçilik maktabi şakllanmoqda
Bugun qişloq xöjaligining eng nozik va şu bilan birga eng barakali yönalişlaridan biri bölgan asalariçilik sohasi yurtimizda tobora rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bu sohada tajriba, sabr-toqat va tabiat bilan uyğunlik muhim örin tutadi. Amudaryo tumani Arna böyi mahallasida şakllanib borayotgan “asalariçilik maktabi” ana şu mezonlarning yorqin namunasidir.
Uşbu maktabning asosçisi, Arna böyi mahallasida yaşovçi tadbirkor — “Farhod Qöçqoroviç asali” dehqon xöjaligi rahbari, asalariçilik ustasi Farhod aka Bekimbetov uçun bu soha şunçaki kasb emas, balki ota-bobolardan meros bölib kelayotgan hayot yölidir. Farhod aka Bekimbetov qariyb 20-yildan buyon asalariçilik bilan mustaqil şuğullanib kelmoqda. 2016-yildan esa öz faoliyatini dehqon xöjaligi şaklida yölga qöyib, sohaga zamonaviy yondaşuvni olib kirdi.
Bugungi kunda Farhod aka oila aʼzolari va şogirdlari bilan birgalikda 550 ta quti asalari oilasini parvarişlamoqda. Bu raqamlar ortida nafaqat mehnat, balki katta masʼuliyat, uzluksiz kuzatuv va tabiat qonunlarini çuqur his etiş yotadi. Dehqon xöjaligida asalari parvarişidan taşqari, asalari uyalari işlab çiqariş ham yölga qöyilgan bölib, bu mahalliy asalariçilar uçun qulaylik yaratmoqda.
Şuningdek, “Farhod Qöçqoroviç asali” dehqon xöjaligida asalariçilikda keng qöllaniladigan dori-darmon va parvariş vositalari savdosi ham taşkil etilgan. Bu nafaqat xöjalik faoliyatini kengaytiradi, balki boşqa asalariçilar uçun ham qulay şaroit yaratadi.
Farhod aka asalarilarni parvarişlaşda hudud tanlaşga alohida eʼtibor beradi. U asalari oilalarining asosiy qismini Qoraözak, Taxtaköpir va Xöjayli tumanlarida joylaştirişni maʼqul köradi. Mazkur hududlarda kunjut, beda, yantoq, yulğun hamda xalq tilida “böyan” deb ataluvçi qizilmiya kabi nektarga boy ösimliklar keng tarqalgan. Ana şunday tabiiy muhitda yetiştirilgan asal möl hosildorligi, yuqori sifati va şifobaxş xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Har yili Farhod Bekimbetov ikki marotaba asal hosilini yiğib oladi. Har bir qutidan örtaça 10-15 kilogrammgaça sifatli mahsulot olinayotgani xöjalik faoliyatining samaradorligini yaqqol namoyon qiladi.
Asalariçilik — bu faqat asal yetiştiriş bilangina çeklanib qoladigan soha emas. U mum, propolis, gulçang, asalari suti kabi yuqori qiymatli, şifobaxş va eksportbop mahsulotlarni öz içiga olgan ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yönalişdir. Şu jihatdan qaraganda, Arna böyi mahallasini asalariçilik böyiça boy tajriba va anʼanalarga ega maskan, deb ataş mumkin.
Mahallada şakllanib borayotgan “asalariçilik maktabi” esa nafaqat aholining barqaror daromad manbai, balki yoşlar uçun amaliy bilim va könikmalarni egallaş, mehnatga muhabbat va tabiatga hurmat ruhida tarbiyalaniş maktabiga aylanmoqda. Bu esa qişloq taraqqiyoti, bandlikni taʼminlaş va milliy mahsulotlarimiz salohiyatini oşiriş yölidagi yana bir muhim qadamdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶