Xorijda qonuniy işlaş istagidagi fuqarolar uçun mehnat yarmarkasi ötkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlaş, fuqarolarning barqaror daromad manbalarini yaratiş va mehnat migratsiyasi jarayonlarini tizimli tarzda tartibga soliş borasida qator amaliy işlar qilinmoqda. Ayniqsa, xorijda mehnat qiliş istagida bölgan yurtdoşlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning xavfsizligini taʼminlaş, qonuniy mehnat faoliyatini taşkillaştiriş hamda noqonuniy migratsiyaning oldini oliş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Şu maqsadda aholini kasb-hunarga öqitiş, xorijiy tillarni örgatiş, iş beruvçi davlatlar bilan tuzilayotgan ikki tomonlama kelişuvlar asosida fuqarolarni rivojlangan mamlakatlarga taşkillaştirilgan tartibda yuboriş tizimi bosqiçma-bosqiç takomillaştirilmoqda. Ana şunday amaliy taşabbuslardan biri sifatida Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida “Xorijda iş” deb nomlangan maxsus mehnat yarmarkasi taşkil etildi.
Mazkur tadbir Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, şuningdek, qator xususiy bandlik agentliklari hamkorligida yuqori saviyada ötkazildi. Yarmarkada tumanning turli mahallalaridan kelgan yuzlab fuqarolar iştirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — aholiga xorijiy davlatlarda mavjud böş iş örinlari haqida işonçli va haqqoniy maʼlumot beriş, fuqarolarni aldov va noqonuniy yöllardan asraş, ularga qonuniy, xavfsiz hamda munosib daromad keltiradigan mehnat faoliyatini taklif etişdan iborat böldi. Şu bilan birga, mehnat migratsiyasi bilan boğliq huquqiy tartib-qoidalarni tuşuntiriş orqali aholining huquqiy savodxonligini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Yarmarkaning oçiliş marosimida sözga çiqqan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mehnat migratsiyasi sohasida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilişga qaratilgan çora-tadbirlar haqida atrofliça töxtalib ötdi. U öz nutqida xorijda qonuniy işlaş fuqarolarning nafaqat daromadini oşiriş, balki ularning mehnat huquqlari kafolatlanişi, tibbiy suğurta va ijtimoiy himoya bilan taʼminlanişida muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Yarmarka davomida iştirokçilarga Yevropa va Osiyoning yetakçi davlatlaridagi sanoat, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş, quriliş va logistika sohalarida mavjud yuqori daromadli böş iş örinlari taqdim etildi. Iş beruvçilar hamda masʼul agentlik vakillari har bir yönaliş böyiça mehnat şaroitlari, oylik maoş miqdori, iş vaqti, yaşaş joyi bilan taʼminlaniş, tibbiy xizmat va boşqa ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Şuningdek, fuqarolarga mehnat şartnomalarini tuziş tartibi, viza rasmiylaştiriş jarayonlari, zarur hujjatlar röyxati hamda xorijda mehnat qilişda yuzaga kelişi mumkin bölgan huquqiy masalalar böyiça tuşuntirişlar berildi. Mutaxassislar tomonidan noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari haqida ham alohida töxtalib ötildi.
Eʼtiborli jihati şundaki, tadbir doirasida faqat xorijda işlaş istagidagi fuqarolar emas, balki mahalliy mehnat bozorida iş topişni xohlovçilar uçun ham imkoniyatlar yaratildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi korxona va taşkilotlarda mavjud böş iş örinlari taqdim etilib, mahalliy aholi uçun keng tanlov imkoniyati yaratildi.
Mehnat yarmarkasi qizğin muloqot va savol-javobtlarga boy ruhda ötdi. Iştirokçilar xorijiy tillarni örganiş markazlari, kasbga qayta tayyorlaş kurslari hamda yangi muhitga moslaşuv böyiça zarur maʼlumotlarga ega böldilar.
Amudaryo tumanida taşkil etilgan mazkur “Xorijda iş” mehnat yarmarkasi aholi bandligini taʼminlaş, xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini rivojlantiriş hamda fuqarolar turmuş darajasini oşiriş yölidagi muhim amaliy qadamlardan biri böldi. Bu kabi tadbirlar yurtdoşlarimizning dunyo mehnat bozorida öz örnini topişiga, aldanib qoliş holatlarining oldini olişga va jamiyat farovonligini yuksaltirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶