OLIY SUD PLENUMI QARORLARI – AMALIYoTDA
Amudaryo tuman sudi binosida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yaqinda qabul qilingan muhim qarorlari mazmun-mohiyatini örganişga bağişlangan öquv-seminari bölib ötdi. Tadbirda sudyalar, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari iştirok etib, sud amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan fikr almaşdilar.
Seminarning asosiy maqsadi – Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi “Sudlar tomonidan şaxsiy nomulkiy huquqlar va boşqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qiliş töğrisidagi qonunçilikni qöllaş amaliyoti haqida”gi 21-sonli, “Jinoyat uçun jazo tayinlaş amaliyoti töğrisida”gi qarorga özgartiriş kiritiş haqida”gi 22-sonli hamda ayrim Plenum qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi 23-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka va ijroçilarga yetkazişdan iborat böldi.
Tadbirda sözga çiqqan Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi Jasurbek Baltabayev taʼkidlaganidek, Oliy sud Plenumining 21-sonli qarori bilan jazo tayinlaşda mutanosiblik printsipiga asoslaniş va huquqiy taʼsir çoralari qonunda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerakligi belgilangan. Şuningdek, endilikda şaxsni öta xavfli residivist deb topişda nafaqat Özbekiston, balki boşqa davlat sudlarining hukmlari ham hisobga olinişi mumkin. Qolaversa, Qaror bilan jazo tayinlaşning öziga xos tartiblari kiritilmoqda. Endilikda sudlarga jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo örniga köproq majburlov çoralarini qöllaş tavsiya etiladi.
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov internet tarmoğida şaʼn va qadr-qimmatni kamsituvçi maʼlumotlar tarqatilganda qöllaniladigan çoralar haqida tuşuntiriş berdi. Agar ijtimoiy tarmoqlarda şaxs haqida haqiqatga töğri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilsa, jabrlanuvçi nafaqat raddiya berişni, balki uşbu maʼlumotlarni öçirib taşlaş, qidiruv tizimlaridan olib taşlaş hamda maʼnaviy zararni undirişni talab qilişi mumkin. Eʼtiborli jihati şundaki, tarqatilgan maʼlumotning haqiqatga töğri kelişini isbotlaş majburiyati endilikda maʼlumotni tarqatgan javobgar zimmasiga yuklatiladi.
Seminar davomida fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudining sudyasi Muhabbat Kaypova Plenumning 22- va 23-sonli qarorlari bilan amaldagi qonunçilikka kiritilgan özgartirişlarga eʼtibor qaratdi. U öz nutqida kredit munosabatlari va jazo tayinlaş amaliyotidagi yangiliklarni şarhlab berdi.
Qayd qilinganidek, Plenumning 23-sonli qarori bilan kredit şartnomalari böyiça nizolarni hal qilişda adolatli yondaşuv belgilandi. Xususan, agar qarz oluvçi kreditni qaytariş muddatini buzsa, bank darhol kreditning qolgan barça qismini undirişni talab qila olmaydi. Dastlab muddati ötgan qismni undiriş çoralari körilişi kerak. Faqat şundan keyingina, natija bölmasa, kreditning töliq summasini muddatidan oldin undiriş masalasi qöyilişi mumkin. Bu fuqarolarning huquqlarini himoya qilişda muhim kafolatdir.
Şuningdek, sudya Muhabbat Kaypova jinoyat işlari böyiça jazo tayinlaşdagi özgarişlarga ham töxtaldi. 22-sonli Plenum qaroriga köra, Konstitutsiyamizning 20-moddasiga asosan, şaxsga nisbatan qöllaniladigan huquqiy taʼsir çoralari mutanosiblik printsipiga asoslanişi şart. Sudlarga voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo örniga majburlov çoralarini kengroq qöllaş tavsiya etilmoqda. Yana bir muhim jihat: jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi materiallarni internetda tarqatgan şaxslarga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanganda, ularga Internetdan foydalanişni taqiqlaş kabi qöşimça çeklovlar belgilanişi mumkinligi tuşuntirildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga sudyalardan batafsil javob oldilar. Uşbu Plenum qarorlarining amaliyotga töğri tatbiq etilişi fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişga xizmat qilişi taʼkidlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶