Içimlik suvi taʼminotidagi işlar holati örganildi
Maʼlumki, har qanday jamiyatning farovonligi va iqtisodiy barqarorligi eng avvalo, uning kommunal infratuzilmasi qançalik mustahkam ekanligi bilan ölçanadi. Ayniqsa, tabiat injiqliklari kuzatiladigan kuz va qiş mavsumida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz işlaşini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Bu borada Xöjayli tumanida amalga oşirilayotgan tizimli işlar aholining hayot sifatini oşirişga xizmat qilmoqda.
Joriy yilda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari har yilgidan-da jiddiy va kompleks yondaşuv asosida taşkil etildi. Buning huquqiy asosi sifatida 2025-yil 2-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va energetika obʼektlari va köp kvartirali uy-joy fondidan 2025/2026-yillar kuz-qiş mavsumida barqaror işlaşga tayyorlaşni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 453-sonli qarorini keltiriş mumkin. Mazkur strategik hujjat nafaqat muammolarni bartaraf etiş, balki tizimni modernizatsiya qiliş böyiça aniq yöl xaritasini belgilab berdi.
Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi böylab keng kölamli quriliş-taʼmirlaş işlari boşlab yuborilgan. Xususan, respublika miqyosida jami 45,2 km içimlik suvi tarmoqlarini yangilaş hamda 95 ta nasos agregatlarini texnik sozlaş vazifasi qöyilgan. Bu borada Xöjayli tumanida belgilangan rejalar ham salmoqlidir. Tumanda aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş sifatini oşiriş maqsadida 250 metr uzunlikdagi eskirgan suv quvurlari töliq almaştirilib, mukammal taʼmirlandi. Bundan taşqari, 3,5 km uzunlikdagi tarmoqlarda joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Suv taʼminotida asosiy yuklamani kötaradigan qurilmalar — bu nasos agregatlaridir. Tumanda 2 ta yirik nasos agregatini mukammal taʼmirlaş va 4 tasini mavsumiy sozlaş işlari rejalaştirilgan bölib, bu tizimdagi bosimning barqarorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Mazkur vazifalarning ijrosini nazorat qiliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiadorlik jamiyati tuman filiali mutaxassislari hamkorligida “Xöjayli” suv oliş inşootida maxsus monitoring ötkazildi. Örganişlar davomida aniqlandiki, tuman hududida 250 metrlik tarmoqning mukammal taʼmirlanişi natijasida mahallalardagi suv bosimi meʼyoriga kelgan va aholining suv taʼminotidagi uzilişlar sezilarli darajada qisqargan.
Inspektsiya xodimlari nafaqat quriliş sifatini, balki suvning sanitariya-gigiyena talablariga javob berişini ham çuqur tahlil qildilar. Içimlik suvi — strategik resurs. Şu bois, tarmoqlarda suvning ifloslanişiga yöl qöymaslik, xlorlaş va zararsizlantiriş jarayonlarining standartlarga mosligi qatʼiy nazoratga olindi. Şuningdek, mutaxassislar obʼektda energiya tejamkor texnologiyalarning qöllanilişiga alohida eʼtibor qaratişdi. Zamonaviy nasoslarning örnatilişi elektr energiyasi sarfini kamaytiriş bilan birga, ekologik barqarorlikka ham hissa qöşadi.
Taʼkidlaş joizki, toza içimlik suvi — millat genofondi va aholi salomatligining garovidir. Sifatli suv taʼminoti turli yuqumli kasalliklarning oldini olişda eng samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodning jismonan soğlom rivojlanişida uning örni beqiyos. Bundan taşqari, xonadonda suvning uzluksiz kelişi oilalarning maişiy turmuş madaniyatini yuksaltiradi, ayollarning oğirini yengil qiladi.
Xulosa örnida aytganda, Xöjayli tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oşirilayotgan bunday xayrli işlar "Inson qadri uçun" tamoyilining amaldagi yorqin ifodasidir. Içimlik suvi tizimining barqaror işlaşi qişning sovuq kunlarida aholiga xotirjamlik va farovonlik bağişlaşi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶