Qoraqalpoğistonda "Fuqarolik jamiyati haftaligi" boşlandi
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oşiriş va ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini mustahkamlaş borasidagi islohotlar doirasida 2025-yil 17-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ga start berildi. Uşbu muloqot maydonining asosiy maqsadi sohada amalga oşirilgan işlarni tahlil qiliş va uni yanada rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqişdan iborat. Taʼkidlaş joizki, Prezidentning maxsus farmoniga muvofiq, mazkur haftalik har yili dekabr oyining birinçi haftasida ötkazilişi belgilangan.
Haftalik doirasida 17-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligida yuzga yaqin soha vakillari iştirokida “Fuqarolik jamiyati institutlari bilan oçiq muloqot va milliy forumi” ötkazildi. Forumda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qömita raisi Şarapat Otemisov sözga çiqib, yiğilganlarni fuqarolik jamiyati haftaligi bilan tabriklab bugungi forumni oçib berdi.
Forumda sohaga doir milliy qonunçilik, nodavlat notijorat taşkilotlarining moliyaviy barqarorligi, uning faoliyatida fuqarolar iştiroki va jamoatçilik nazorati, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi hamkorlik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oşiriş va raqamlaştiriş kabi mavzular muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda Özbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari uçun tom maʼnoda yangi davr boşlandi. 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini taşkil etişi belgilab qöyildi. Birgina joriy yilda sohaga oid 20 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi , şu jumladan, 2025-yil 21-avgustdagi qonun bilan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga doir 10 ta qonunga özgartirişlar kiritildi.
Sohani moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimi ham tubdan takomillaştirildi. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi qayta taşkil etilib, Fond mablağlarini boşqariş uçun Oliy Majlis Senatining 8 nafar aʼzosi va Qonunçilik Palatasining 8 nafar deputatidan iborat Parlament komissiyasi faoliyati yölga qöyildi. Natijada, joriy yilda fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaşga 1 trillion 200 milliard söm mablağ jalb qilindi. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasida Jamoat fondi tomonidan 2 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi va 19 ta davlat granti loyihalari 3 mlrd 724 mln sömlik mablağ evaziga moliyalaştirilib, ularning 14 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Forum doirasida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölinmasi bilan davlat taşkilotlari örtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Şuningdek, forumning Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun delegatlar saylanib, ommaviy axborot vositalari vakillariga haftalik davomida ötkaziladigan tadbirlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶