21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:44
Jamiyat 👁 427

AHOLI VA QIShLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh BOʻYIChA SEMINAR OʻTKAZILDI

AHOLI VA QIShLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh BOʻYIChA SEMINAR OʻTKAZILDI

Joriy yilning 19-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmonga koʻra Oʻzbekistonda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi. Bu jarayon mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Roʻyxatga olish orqali respublikamizda 38 million aholining yoshi, oilaviy holati, taʼlim darajasi, migratsiya jarayonlari, ish bilan bandligi va daromad manbalari haqida yagona maʼlumotlar bazasi shakllanadi. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish, chorvachilik koʻrsatkichlari aniqlanadi.

Tadbir ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avvalgi 17 kun davomida fuqarolar maxsus portal orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Keyingi bosqichda esa “Mahalla yettiligi” va boshqa faollar uyma-uy yurib, maʼlumot toʻplaydilar. Hozirda joylarda mazkur jarayonga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mahallalarda, korxona va tashkilotlarda hamda taʼlim muassasalarida aholiga roʻyxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Joriy yilning 22-oktyabr sanasida Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Prezidentimizning yuqoridagi Farmoni va Hukumat qarori ijrosini taʼminlashga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda tumandagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rahbarlari, mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda asosiy eʼtibor Amudaryo tumanining demografik holatini belgilash, aholining yoshi, oilaviy holati, taʼlim darajasi, migratsiya jarayonlari, ish bilan bandlik darajalari hamda daromad manbalari haqidagi yagona va yaxlit maʼlumotlar bazasini shakllantirish, tuman qishloq xoʻjaligi sohasida yerdan unumli foydalanish va chorvachilik yoʻnalishidagi asosiy koʻrsatkichlarni aniqlash hamda yagona tizimga olish masalalariga qaratildi.

Seminarda roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, aholining barcha qatlamlari orasida, korxona va tashkilotlarda, shuningdek, taʼlim-tarbiya muassasalarida roʻyxatga olish ishlarining mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, roʻyxatga olishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar haqida keng tushuntirishlar olib borish zarurligi qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, roʻyxatga olish jarayonida yigʻilgan maʼlumotlar tuman hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, daromadi past oilalarni izchil qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha kelajakda ishlab chiqiladigan dasturlar va rejalar uchun asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Shu bilan birga tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, pirovardida kambagʻallikka keskin barham berish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalari milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini baholash, xalqaro reytinglarda mamlakatimizning oʻrnini yuksaltirish, xorijiy investorlarni jalb qilish va turizm salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda “Mahalla yettiligi”aʼzolari va tegishli mutasaddilarga roʻyxatga olish jarayonida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan muhim jihatlar haqida maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilarning bergan savollariga tashkilotchilar batafsil javob berdilar. Seminar soʻngida fuqarolar yigʻinlari vakillariga joylarda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazib, roʻyxatga olish jarayoni haqida batafsil tushuntirishlar berish vazifasi topshirildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026