21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:14
Fan va taʼlim 👁 3,452

Barkamol avlod-yurt kelajagi

Barkamol avlod-yurt kelajagi

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda zamonaviy taʼlim tizimini shakllantirish va yuksak malakali kadrlarni tayyorlash ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylandi. Bu borada mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning noyob tizimi yaratildi. Bugun 9+3 tamoyili asosida 12 yillik umumiy majburiy bepul taʼlim tizimiga oʻtildi hamda taʼlim tizimining uzluksizligi taʼminlandi.

Agar bu islohotlar MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib amalga oshirilganini, taʼlim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yoʻnaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etishini inobatga olsak, mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish nechogʻli ustuvor vazifa ekanligini eʼtirof etish mumkin. Mamlakatimizda 2014-yilda taʼlim sohasida oʻquv muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirildi. Oʻtgan yili xammasi boʻlib Respublikamizda 540 dan ziyod obʼekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litseylar tubdan yangilandi.

Mazkur maqsadlar uchun qa-riyb 550 milliard soʻm sarflandi. Ushbu mablagʻlarning 120 milliard soʻmdan ortigʻi taʼlim muassasalarini oʻquv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan taʼminlash uchun ajratildi.

Bu borada amalga oshirilgan ishlar tezda oʻz samarasini bermoqda. Buni biz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2008-yil 22-apreldagi 57-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan Amudaryo akademik litseyi faoliyati misolida ham kuzatishimiz mumkin.

Amudaryo akademik litseyidan oʻtgan davr mobaynida xalqaro tanlov, bir qator respublika miqyosidagi koʻrik-tanlovlar sovrindorlari yetishib chiqdi. Bugungi kungacha akademik litseyni jami 838 nafar oʻquvchilar tamomlab, shundan 438 nafari oliy talim muassasalarida oʻqishni davom qildirmoqda. Bu oʻrtacha 52,2 foizni tashkil qilib, yaqin kelajakda bu koʻrsatkichni 60-70 foizga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan. Akademik litsey bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalariga kirish testlariga tayyorlashda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat test markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakili B.Jarekeshov bilan birgalikda bitiruvchi kurs oʻquvchilaridan sinov testlari olinib, natijalari ota-onalar yigʻilishlarida muhokama qilib kelinmoqda.

12 nafar bitiruvchi tijorat banklaridan kredit olib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqda, 35 nafar bitiruvchilar oʻzlari 3 tomonlama shartnoma tuzgan tashkilot va korxonalarda mehnat faoliyatini boshlab yuborishdi. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga topshirib, yetarlicha ball toʻplay olmagan 98 nafar bitiruvchilar akademik litseyda tashkil etilgan "Abituriyent” shtabi qoshidagi tayyorlov kurslariga jalb qilingan. 2014-yilda 2 ta kompyuterlashtirilgan lingafon xonasi uchun mablagʻ ajratildi,yaqin kunlar ichida bu xona oʻquvchilarni oʻz bagʻriga oladi.

2014-yil may oyida akademik litseyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida "Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi doirasida "Taʼlim-tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish – zamonaviy taʼlimning bosh mezoni” mavzusida oʻquv-uslubiy seminar oʻtkazildi. Seminarda 10 nafar tajribali oʻqituvchilar tomonidan ochiq namunaviy darslar tashkil qilindi, uslubiy bayonotlar va taqdimotlar tayyorlandi. Eng namunali deb topilgan darslar Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilindi. 2014-yil 3-iyun kuni tuman miqyosida "Akademik litseylarda oʻquv taʼlim-tarbiya jarayonini yangi bosqichga koʻtarish va yanada rivojlantirishda oʻqituvchilarning bilim darajasini hamda pedagogik mahoratini oshirish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Seminar-treningda 9 nafar tajribali oʻqituvchilar tomonidan ochiq namunali darslar tashkil qilindi, taqdimotlar oʻtkazildi.

2014-yil iyun oyida QDU qoshidagi Muhammad Yusuf nomidagi Boʻston akademik litseyida oʻtkazilgan oʻquv-uslubiy seminarda rus tili fani oʻqituvchisi G.Yavqasheva oʻz taqdimoti bilan qatnashib, faxrli 1-oʻrinni egalladi. Litsey oʻqituvchilari Nukus Davlat pedagogika instituti professor oʻqituvchilari bilan hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻygan. 2014 yilda biologiya fani oʻqituvchisi Nafisa Mamutova "Botanika-zoologiya” kafedrasi oʻqituvchilari Qurol Otanazarov va Rustam Otamuratovlar bilan hamkorlikda, fizika fani oʻqituvchilari Surayyo Norboyeva va Rafael Sultanov "Umumiy fizika” kafedrasi oʻqituvchisi Bahrom Yavidov bilan hamkorlikda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratishdi.

2014-2015 oʻquv yilida ham Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi meʼyoriy hujjatlariga asoslanib akademik litseyning "Istiqbolli ish rejasi” ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi, 2014-2015 oʻquv yilida oʻqituvchilar kafedralar ish rejalari asosida ochiq namunaviy darslar tashkil qilmoqda, har bir fan boʻyicha fan oyliklari oʻtkazilmoqda.

Davlat test markazi bilan hamkorlik ishlarini davom ettirish, oʻquvchilarning bilim darajasini test markazining test materiallari asosida sinab, natijalarini oʻqituvchilar va ularning ota-onalari bilan muhokama qilish, ilmiy pedagogik kengash majlislarida tahlil qilib borish rejalashtirilmoqda.

2015-yilning 1-yarmida biologiya fani oʻqituvchisi B.Doʻsimbetovning "Botanika-zoologiya” kafedrasi oʻqituvchisi R.Atamuratov bilan hamkorlikdagi, rus tili fani oʻqituvchisi G.Yavqashevaning rus tili kafedrasi professor oʻqituvchisi T.Xalmuratov bilan hamkorlikdagi, informatika fani oʻqituvchisi N.Soatboyevaning TATU Nukus filiali axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi Sh.Yodgorov bilan hamkorlikdagi, oʻzbek tili fani oʻqituvchisi O.Tajiboyevaning "Oʻz-bek tili” kafedrasi oʻqituvchisi X.Allabergenov bilan hamkorlikdagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari chop etildi.

Matematika fani oʻqituvchisi G.Babaniyazovaning matematika kafedrasi oʻqituvchisi N.Jumaboyev bilan hamkorlikdagi ilmiy-uslubiy qoʻllanmasi 2015-yil sentyabr oyida chop etilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼ-limi tizimi oʻquvchilarining fanlar olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashishlari asnosida taʼlim tizimida qilingan ishlar samarasi yaqqolroq koʻrinadi. Tumanimiz kasb-hunar taʼlim tizimi oʻquvchi-yoshlaridan 2011-2012 oʻquv yilida fan olimpiadasining Oʻzbekiston Respublika bosqichida 5 nafar, 2012-2013 oʻquv yilida 8 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi. 2013-2014 oʻquv yilida esa 9 nafarining ishtirok etishi bu boradagi islohotlarning beiz ketmayotganligidan dalolatdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda sogʻlom avlodni shakllantirish maqsadida dunyo hamjamiyati tomonidan yangi tajriba sifatida eʼtirof etilgan uch bosqichli yagona tizim - "Barkamol avlod”, "Umid nihollari” va "Universiada” kabi sport oʻyinlari tashkil etilganligini alohida taʼkidlash lozim.2014-yil Namanganda oʻtkazilgan "Barkamol avlod” sport oʻyinlarida Amudaryo tumanidan uch nafar sportchi qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi. Kelajakda mazkur sport musobaqalarida tumanimiz yoshlaridan yanada koʻproq qatnashishi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday tadbirlardan koʻzlangan maqsad jismonan sogʻlom, aqlan yetuk, maʼnan boy, umummilliy va umumbashariy gʻoyalarga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalashdir.

Otabek YOʻLDOShOV, Amudaryo akademik litseyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026