Yangi taşabbus — serdaromad soha sari dadil qadam
Bugungi kunda yurtimizda qişloq xöjaligi sohasi nafaqat iqtisodiy rivojlaniş, balki xalqimizning farovon hayotini taʼminlaşda ham beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz taşabbusi bilan sohada keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani, tadbirkor va fermerlarga yaratilayotgan imtiyozlar, subsidiyalar va qöllab-quvvatlaş mexanizmlari natijasida köplab yangi yönalişlar rivoj topmoqda.
Uşbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda samara faoliyat yuritayotgan fidoyi va taşabbuskor insonlardan biri Amudaryo tumanining olis Beş ovul mahallasidagi “Dösçanov Rahimboy” fermer xöjaligi raisi Alişer Dösçanovdir. U öz mehnati va şijoati bilan nafaqat xöjaligini kengaytirmoqda, balki mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaşga ham munosib hissa qöşmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev tavsiyasi bilan Alişer Dösçanov öz faoliyatini parrandaçilikning istiqbolli yönalişi bölgan ördak yetiştiriş bilan yanada kengaytirdi.
U dastlab Xorazm viloyatidan 500 dona ördak olib kelib, ular uçun maxsus şaroitlar yaratdi. Harakat va mehnat evaziga bugun uşbu ördaklar dastlabki narxidan uç barobar yuqori qiymatda baholanmoqda. Bu esa ördakçilikning serdaromad sohaga aylanişi mumkinligini yaqqol körsatmoqda.
Fermerning aytişiça, ördak yetiştiriş nafaqat foydali, balki istiqbolli soha. Kelgusida bu işni yanada kengaytirib, köplab yangi iş örinlari yaratiş niyatida aniq rejalar tuzilmoqda.
Fermer Alişer Dösçanovning yangi taşabbuslari faqat parrandaçilik bilan çegaralanib qolmadi. U Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, imtiyozli kredit asosida çorvaçilik xöjaligini taşkil etiş rejalarini ham işlab çiqmoqda.
Bugungi kunda tajribali tadbirkor subsidiyalar evaziga zarur texnikalarni sotib olib, xöjalikning moddiy-texnik bazasini mustahkamladi. Natijada, xöjalik faoliyati yangi bosqiçga kötarilib, rivojlaniş va taraqqiyot sari odimlamoqda.
Şuningdek, fermer baliqçilikni ham rivojlantirmoqda. Xöjalikda yiliga 7–8 tonna baliq yetiştirilib, bundan ham qöşimça daromad olinmoqda. U bilan suhbat davomida baliqçilikning ham istiqbolli soha va barqaror daromad manbai ekanligiga amin böldik.
Alişer Dösçanovning bu taşabbuslari qişloq xöjaligida yangi yönalişlarni rivojlantiriş, mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaş va eng muhimi, aholi bandligini oşirişga xizmat qilayotgani bilan yanada ahamiyatli bölmoqda.
Bugun qişloqda birgina insonning dadil taşabbusi butun bir mahalla hayotiga ijobiy taʼsir körsatmoqda. Bu esa, albatta, muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan izçil islohotlar natijasida yaratilgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasidir.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, serdaromad tarmoqlarga dadil qadam qöyayotgan fidoyi fermerlarimizning mehnati ertangi kunimiz farovonligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Alişer Dösçanovning ibratli taşabbusi esa qişloq xöjaligida yangi ösiş nuqtalaridan biri sifatida namuna böladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶