14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:10
Jamiyat 👁 250

Mustaqillik bayrami hamda paxta yigʻim-terimi mavsumi oldidan nuroniylar uchun dasturxon yozildi

Mustaqillik bayrami hamda paxta yigʻim-terimi mavsumi oldidan nuroniylar uchun dasturxon yozildi

Joriy yilning 31-avgust sanasida Amudaryo tumanida Vatanimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan, shuningdek, paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishi arafasida nuroniy otaxon va onaxonlar uchun bayram dasturxoni yozildi. Ushbu ezgu tadbir “Diamond” restoranida oʻtkazilib, u samimiyat, mehr-oqibat va duolar bilan ishtirokchilarning yodida qoldi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, yigʻilganlarni eng ulugʻ, eng aziz bayram — Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Hokim oʻz tabrik soʻzida istiqlol yillarida yurtimiz hayotida erishilgan ulkan oʻzgarishlar, xalqimizning orzu-umidlarini roʻyobga chiqarayotgan islohotlar haqida soʻz yuritib, nuroniylarga sihat-salomatlik, bardavom umr va ezgu tilaklarini izhor etdi.

Turli noz-neʼmatlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida yigʻilgan nuroniylar istiqlolning eng buyuk neʼmat ekanini, mustaqillik tufayli xalqimiz hayoti tubdan yangilanganini, yurtimiz taraqqiyot sari yuksalayotganini taʼkidlab, bugungi dorilomon kunlarga shukronalar keltirdilar.

Darhaqiqat, bugun xalqimiz istiqlol tufayli oʻz taqdirini oʻzi belgilayotgan, erkin va ozod hayot kechirayotgan millatga aylandi. Mustaqillik bizga eng avvalo milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy xotiramizni qayta jonlantirish, ezgu orzu-intilishlarimizni amalga oshirish imkonini berdi. Istiqlol tufayli yurtimizda tinchlik va osoyishtalik qaror topdi, farovon hayot sari yoʻl ochildi. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim-tarbiya, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar – bularning barchasi mustaqillik tufayli qoʻlga kiritilmoqda.

Yurtimizda hukm surayotgan hamjihatlik va totuvlik nuroniylarimizning dasturxon boshida qilayotgan duolarining ijobati, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Tadbirga yigʻilgan nuroniylar ham avvalo istiqlolimizga abadiylik, yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, dasturxonlarimizga toʻkin-sochinlik, xalqimizga tinchlik-omonlik va davlatimizga yuksak taraqqiyot tilab, duolar qildilar. Qolaversa, “oq oltin” xalqimizning boyligi, mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligida muhim oʻrin tutuvchi xom ashyo ekanini taʼkidlab, uni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishda hamjihatlik bilan harakat qilish zarurligini qayd qilgan holda, paxtakor dehqon va fermerlarimizga kuch-gʻayrat, shijoat, ishlariga samara tilab, duoga qoʻl ochdilar.

Tadbirda faxriy nuroniylar ham soʻz olib, samimiy tabrik va tilaklarini bildirdilar. Ularning har bir soʻzi hayotiy tajriba, oqibat va duoga boy boʻlib, barcha yigʻilganlarda yuqori taassurot qoldirdi.  

Tadbir mobaynida tuman Madaniyat boʻlimi xonanda va ijodkorlari tomonidan kuylangan qoʻshiq va navolar yigʻilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. Milliy ruh va zamonaviy ohang uygʻunligida jaranglagan kuy-qoʻshiqlar nuroniylarning qalbiga quvonch bagʻishladi. Ijodkorlarning samimiy chiqishlari, dilbar ohanglari va dilrabo kuy-qoʻshiqlari tadbirning tantanavor ruhini yanada yuksaltirdi.

Bayramlar arafasida oʻtkazilgan bunday xayrli tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir. Zero, nuroniylarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ehtirom, ularga yaratilayotgan sharoit va gʻamxoʻrlik — bu, avvalo, yosh avlod uchun ibrat namunasidir. Mehr-oqibat, duo-yu tilaklar va jamiyatdagi birdamlik kayfiyati ana shunday uchrashuvlarda yanada mustahkamlanadi. Bu esa el-yurtni ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiradi, hamjihatlik va barqarorlikni taʼminlaydi.

Shu bois, Mustaqillik bayrami va paxta yigʻim-terimi mavsumi arafasida oʻtkazilgan mazkur uchrashuv nafaqat nuroniylar uchun eʼtibor ramzi, balki butun tuman hayotida birlik, totuvlik va ezgu niyatlarning timsoli sifatida yodda qoladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019