“QIŞLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRIŞ” LOYIHASI DOIRASIDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING BINOLARI REKONSTRUKTsIYa QILINMOQDA
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlod taʼlim-tarbiyasini zamon talablari darajasida taşkil etiş maqsadida amalga oşirilayotgan islohotlar sönggi yillarda sohada jiddiy özgarişlarga erişiş imkonini berdi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanib, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlaniş darajasi oşdi, eng olis hududlardagi maktablarning öquvçilari ham töliq internet tarmoğiga ulangan kompyuter sinf xonalarida taʼlim-tarbiya oliş, axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalaniş imkoniga ega böldilar. Davlatimizning beqiyos ğamxörligi tufayli bugungi öquvçi-yoşlar har tomonlama qulay şaroitlarda öqib, bilim olmoqdalar. Faqat sönggi 7-yil davomida mamlakatimizning turli hududlarida 5 mingdan ziyod zamonaviy qiyofadagi maktablar taşkil etildi. 2025-yilning özida 608 ta maktabda quriliş-taʼmirlaş işlari olib borildi va bu kabi sohani modernizatsiya qilişga qaratilgan çora-tadbirlar 2025-2026 öquv yilida ham izçillik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, 2025-2026 öquv yilida mamlakatimizda 100 dan ziyod maktablar taşkil etilib, 257 ming öquvçi örnini oçiş, xorijiy tilli maktablar sonini 420 taga, öquvçi-yoşlarni kasb-hunarga yönaltirişga qaratilgan taʼlim muassasalarini 400 taga yetkaziş közda tutilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-2027-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga köra, Investitsiya dasturi doirasida “Özbekiston—2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etiş, ayniqsa, 2025-yildan boşlab har yili umumtaʼlim maktablarining sanitariya-gigiyenik infratuzilmasini yaxşilaş uçun kamida 100 mlrd söm ajratib boriş amaliyoti joriy etilib, “Oçiq byudjet” axborot portali orqali jamoat fikri va aholi istaklari asosida taʼmirtalab holatdagi va olis hududlarda joylaşgan maktablarni taʼmirlaş va rekonstruktsiya qiliş belgilangan edi. Uşbu vazifalarni amalga oşiriş maqsadida Amudaryo tumanida ham keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi taʼmirtalab, bugungi kundagi quvvati, moddiy-texnik imkoniyatlari talab darajasida bölmagan umumtaʼlim maktablarining infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan quriş va rekonstruktsiya işlari olib borilmoqda.
Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufida umumiy quvvati 33 ming 135-öringa ega 86 ta maktab va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi mavjud. Ularda jami 38 ming 769 nafar öquvçi-yoşlar taʼlim-tarbiya olişmoqda. Davlatimizning beqiyos ğamxörligi natijasida tumanning eng çekka hududlaridagi maktablar ham internet tarmoğiga ulanib, yoş avlodning har tomonlama mukammal bilim olişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Çoyköl ovulidagi 59-sonli umumtaʼlim maktabi yaqin-yaqinlargaça hududdagi 22-sonli maktab filiali sifatida faoliyat olib boruvçi, şaroitlari haminqadar darajadagi taʼlim-tarbiya muassasasi edi. Moslaştirilgan binoda joylaşgan mazkur maktab aholi sonining ösib borişi, qolaversa, boşlanğiç taʼlimdan söng hudud yoşlarining ovul markazidagi 22-sonli maktabga qatnab öqişida qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani inobatga olinib, muassasa 59-sonli umumtaʼlim maktabiga aylantirildi. Albatta, bu bilan muammo hal bölmadi, qişda sovuq va zax tortgan tor, yozda issiq va dim sinfxonalarda öqiş nafaqat öquvçilar, balki öqituvçilar uçun ham emin-erkin maşğulotlarni ötkaziş imkoni kam edi.
Ayni kunlarda Investitsiya dasturi doirasida 59-sonli maktab uçun 180-örinli yangi bino, 12x24 ölçamdagi zamonaviy sport zali qurilişi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Tender bahosi 4 mlrd 500 mln sömga yaqin bölgan mazkur bunyodkorlik işlari “Amudaryo xizmat körsatiş” MÇJ quruvçilari tomonidan sifatli amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, Böz yop ovulida joylaşgan 68-sonli maktabda “Qizketken maxsus quriliş” MÇJ quruvçilari tomonidan umumiy qiymati 10 mlrd. 400 mln sömga yaqin bölgan jami 510-örinli öquv binosi, 12x24 ölçamdagi 2 ta sport zali qurilişi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Quriliş işlarining öz muddatida va sifatli amalga oşirilişi tuman prokuraturasi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Bu esa loyiha asosida belgilangan vazifalarning öz vaqtida, şaffof va samarali bajarilişiga xizmat qilmoqda.
“Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan bu kabi bunyodkorlik işlari nafaqat hududlar infratuzilmasi bilan boğliq muammolarni ijobiy hal etiş, balki ösib kelayotgan yoş avlod taʼlim-tarbiyasi bilan boğliq umummilliy ahamiyatga molik işlarni jahon andozalari darajasiga kötariş imkonini beradi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶