Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Zakovat – rektor kubogi” intellektual öyini bölib ötdi
Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalarning bilim va intellektual salohiyatini namoyon etişga qaratilgan “Zakovat – rektor kubogi” intellektual öyini taşkil etildi.
Bellaşuv yoşlarda mantiqiy va erkin fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Intellektual öyinda institutning 12 ta jamoasi faol iştirok etdi.
Talabalar turli fanlar, tarixiy voqealar, maʼnaviyat va zamonaviy bilimlar asosida tayyorlangan savollarga javob beriş orqali öz bilimi va tafakkur salohiyatini namoyon etdilar. Bellaşuv davomida iştirokçilar nafaqat zehniyatni işga soliş, balki jamoaviy işlaş, tezkor fikr yuritiş va oqilona qaror qabul qiliş könikmalarini ham mustahkamladilar.
Musobaqa yakunlariga köra, “Liderlar” jamoasi 1-öringa munosib deb topildi, “Intellekt” jamoasi 2-örin bilan taqdirlandi, “Olimp” jamoasi esa 3-örinni qölga kiritdi.
Ğoliblarni taqdirlaş marosimida institut rektori B.Jollibekov sözga çiqib, barça iştirokçilarga minnatdorlik bildirdi va ğolib jamoalarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi taʼlim va hayot yölida muvaffaqiyatlar tiladi.
Uşbu bellaşuv yoşlar örtasida intellektual öyinlarga qiziqişni oşiriş va böş vaqtini mazmunli taşkil etişga xizmat qildi.
Taʼkidlaş joizki, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan bunday taşabbuslar talabalarning dunyoqaraşini kengaytiriş va yoş avlodning ijtimoiy faolligini yuksaltirişda muhim örin tutayapti.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶