Bola kulgusidan yaşarsin olam!
"...Bu yoruğ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmiş bebaho neʼmat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamişa ezgu orzu va intilişlar bilan yaşaydi”, deya yozgan edi Yurtboşimiz I.Karimov "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asarida.
Ha dunyodagi eng bolajon xalq bölgan bizning xalqimiz faqat bolam, deb yaşaydi. Bor jamiki şodlikni, yaxşilikni bolasiga atab yaşaydi.
Xalqimizning kelgusi avlodlarga umid va işonçi davlatimiz siyosatida ham öz aksini topmoqda. Mustaqillik yillarida qabul qilingan ona va bolaning salomatligini muhofaza qilişga, yoşlarning har jihatdan yetuk insonlar bölib voyaga yetişini taʼminlaşga xizmat qiluvçi qator qonuniy hujjatlar qabul qilinib, turmuşga tadbiq etilmoqda va özining ijobiy samaralarini bermoqda. Buni Özbekistonning onalik va bolalikni muhofaza qiliş borasida amalga oşirayotgan Dasturlarini YuNISEF xalqaro taşkilotining Şarqiy Yevropa, Boltiqböyi va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari böyiça ofisi tomonidan mintaqadagi namunaviy model sifatida eʼtirof etganidan ham köriş mumkin.

Davlatimiz, ota-onalari ğamxörligida baxtiyor va şodon yaşayotgan bolajonlarimiz uçun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni bayrami alohida şodliklarga, ajoyib taassurotlarga boy kun böldi.
Manğit şahridagi aholi dam oliş va istirohat boği şu kuni ertalabdan bolajonlar bilan gavjum böldi. Mazkur maskandagi turli attraktsion öyinlar bolalarga xizmat qildi.

Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari orasida asfaltga rasm çiziş, "Soğlomjon - polvonjon” sport musobaqalarining borişini nafaqat bolalar, hatto ota-onalar ham qiziqib tomoşa qildilar.

"Fayz” töyxonasida tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan bayram munosabati bilan tayyorlangan maktabgaça tarbiya muassasalari tarbiyalanuvçilari va umumtaʼlim maktablarining boşlanğiç sinf öquvçilari iştirokidagi kontsert dasturi namoyiş etildi.

Yiğilganlarni tuman hokimi muovini, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova bayram bilan qizğin tabriklab, asfaltga rasm çiziş, "Soğlomjon - polvonjon” sport musobaqalari ğoliblariga sovğalar topşirdi.

Bayram munosabati bilan tayyorlangan kontsert dasturida baxtiyor bolalikni, ona Vatanni uluğlovçi kuy-qöşiqlar yangradi, raqslar ijro etildi, tsirk tomoşalari namoyiş etildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan taşkillaştirilgan barça tomoşalar bolajonlarning qalbida öçmas taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶