Xalqaro oila kuni munosabati bilan harbiy qismda tadbir ötkazildi
Har yili 15-may kuni dunyo böylab Xalqaro oila kuni keng nişonlanadi. Mazkur sana insoniyat uçun oilaning beqiyos ahamiyatini yana bir bor eslatadi. Zero, oila jamiyatning asosiy poydevori sifatida inson tarbiyasi, soğlom avlodni voyaga yetkaziş va barqaror kelajakni taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Şu munosabat bilan yaqinda Amudaryo tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlardan birida “Soğlom oila – soğlom jamiyat poydevori” şiori ostida tadbir taşkil etildi.
Unda turli sohalar vakillari – Strategik rivojlaniş instituti filiali assistenti Sabira Tangatorova, tuman oilaviy poliklinikasi şifokori, pediatr Dilbar Allamberganova, 36-sonli umumtaʼlim maktabi psixologlari Gözal Jarliqapova hamda Şohista Abdullayeva, şuningdek, harbiy xizmatçi Mirjahon Majidov va harbiy xizmatçilarning oila aʼzolari faol iştirok etdilar.
Maʼruzaçilar tomonidan oilada soğlom muhitni şakllantiriş, farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, bola ruhiyatini töğri anglaş hamda ota-ona va farzand örtasida samarali muloqot örnatişning ahamiyati haqida atrofliça maʼlumotlar berildi. Xususan, oilada mehr-oqibat, özaro işonç va eʼtibor tuyğularini mustahkamlaş, bolalarning yoş davriga mos ravişda tarbiya usullarini qöllaş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, tadbir davomida oilaviy ovqatlaniş madaniyati, soğlom ovqatlaniş tarzi, mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini oliş, farzandlar immunitetini mustahkamlaş borasida şifokorlar tomonidan foydali maslahatlar berildi.
Taʼkidlaş joizki, harbiy xizmatçilarning oilalari bilan bunday tarbiyaviy-maʼrifiy uçraşuvlar ötkazilişi nafaqat oilalarning maʼnaviy mustahkamligiga, balki ularning jismoniy va psixologik barqarorligiga ham ijobiy taʼsir körsatadi.
Sevinç Ömirboyeva, Özbekiston jahon tillari universiteti talabasi,tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶