HAYoT QADRI
Bolaligimizda hali juda keksaymasalar-da hassaga, qöltiqtayoqlarga tayangan amakilar köp bölardi. Ular orasida bir oyoği, qöli yoki ikkala oyoği yöqlari, hatto közlari ojizlari ham bor edi. Lekin ana şu mayib-majruh insonlar heç qaçon nolimas, kindik qoni tomgan aziz Vatanlariga qaytib, yaqinlari diydorlariga muşarraf bölganlaridan mamnun yaşardilar. Biz bolalar uçun ularning hikoyalari, insonlarni ezgulikka daʼvat etuvçi şukronalarga töla suhbatlari, mehr balqib turgan şirin muomalalari qalblarimizda ularday jasoratli va matonatli bölişga moyillik uyğotardi.
9-may – faşizm ustidan qozonilgan Buyuk Ğalaba haqida sözlaganlarida yuzlari nurlanib, közlari çaqnab ketar, Ikkinçi Jahon uruşini qözğaganlarni laʼnatlab, janggohlarda qahramonlarça halok bölgan quroldoşlarini ötli soğinç bilan yodga olişardi. Nazarimda ular juda hayotsevar insonlar edilar.
Uruşning oğir asoratlari, jarohatlari bilan yaşab ötgan çoyköllik Çorşam bobo Siytakov, Sobir bobo Şomurodov, Dösman bobo Xudoyberganov, Töra bobo Davletov, Yöldoş bobo Pirniyozov, manğitlik Sobir bobo Allamberganov, Yöldoş Fayzullayev, Jumamurod Çorşamov, Yöldoş Qurbonov, Jumamurod Rajabov, qiliçboylik Hayitboy Omonov, Rajab Bobojonov... Yaqin-yaqinlargaça ular köpçilik edilar.
Uruş dahşatlarini, oğir asoratlarini metin irodalari bilan yengib, umrining har bir daqiqasiga şukronalar aytib yaşagan bu insonlarning bosib ötgan umr yöllari har birimiz uçun tom maʼnoda mardlik, matonat va jasorat, vatanparvarlikning buyuk timsoli sifatida aziz va tabarruk. Şuning uçun ham tabarrukki, biz, bugungi avlod vakillari ana şu fidoyi insonlar umrlarining jangovar sahifalari bilan tanişiş orqali Alloh tomonidan hadya etilgan hayot qadr-qimmatini, yaşaş gaştini tölaqonli idrok etişni örgandik. Ziddiyatlarga töla dunyoda hayotdan, salomatlik va insonlararo mehr-oqibatdan ham uluğroq neʼmat yöqligini anglab yetdik.
Ona Yurt tinçligi, xalqlar, millatlar birdamligi uçun özlarining yoşligini, hatto jonlarini fido qilib yaşagan Ikkinçi Jahon uruşi iştirokçilari bölgan, keçagina biz bilan bir havodan nafas olib, majruh vujudlar va majruh qalblari bilan hayotga intilib, hayot qadrini oşirib yaşagan bobolarimiz bugun oramizda yöq. Ulardan bugun bizga jangovar xotiralar, suratlarga muhrlangan nurli qiyofalar, ularni soğinib, qömsab yaşayotgan avlodlar, tinç va osuda Vatan qoldi...
Manğit şahrining A.Navoiy nomli mahallasida millatlar, xalqlar döstligidan ostonasi munavvar, biri-biridan bilimdon, halol va mehnatsevar farzandlar kamolidan el-yurtga nur taratgan kamtargina, bahavo bir xonadon bor. Garçi xonadon sohibi bu yoruğ olamdan ötib ketganiga ança vaqt bölsa-da, bu sölim göşani manğitliklar hamon alohida ehtirom bilan: “Jumamurod pasportstolning xonadoni” deb ataşadi.
Ikkinçi jahon uruşi iştirokçisi, uruşdan keyingi butun hayotini xalq osoyiştaligini saqlaşdek sermaşaqqat kasbga bağişlab yaşagan Jumamurod ota Rajabov, hayotliklarida bir sözli, çörtkesar, öz vazifasiga nisbatan nihoyatda fidoyi va halol, qatʼiyatli bu inson bilan köp bora muloqotda bölganim boisidan har gal otaxonning 9-may – Xotira va qadrlaş kuni – faşizm ustidan qozonilgan Buyuk Ğalaba bilan boğliq xotiralari yodimga tuşadi.
Jumamurod Rajabov 1942-yilning noyabrida, 40-öqçilar polki safida, minomyotçi sifatida qöliga ilk qurol olib, uruşga kirganida endigina 18 yoşga tölgan navqiron yigit edi. Köz öngida xörlanayotgan begunoh ayollar, yonib, kultepaga aylangan qişloqlar, bemavrid yetim qolib, mamlakatning turli taraflariga töz-töz bölib ketgan bolalar, evakuatsiya eşelonlari ortidan majolsiz qöl silkitib qolayotgan qariyalar, duşman öqidan halok bölgan quroldoş döstlari haqida sözlaganlarida otaxonning ovozlari titrab ketardi:
– Vayronkor uruşning har bir lahzasi insoniyat boşiga balo-qazo yoğdirardi. Faşizmning dahşatli jinoyatlarini dunyo heç qaçon keçirmaydi, bu dahşatlar haqida sözlaş juda oğir, şuning uçun ham men bir neça marta yaralansam-da, qayta-qayta jang maydoniga qaytdim. Özimga-özim söz berdim: “toki qölimda qurol tutguday holim bor ekan, faşist zotini öz uyida yançmagunça ortga qaytmayman!” – deb...
Jumamurod Rajabovning niyatini Alloh qölladimi, u haqiqatdan ham Ğalaba onlarini Germaniya tuproğida kutib oldi. Bungaça u matonatli minomyotçi sifatida Moskva ostonasidagi ayovsiz janglarda mardlik va jasorat namunalarini körsatdi. Tarixga “Kursk yoyi” nomi bilan kirgan front okoplarida duşmanga qarşi ayovsiz janglarda iştirok etdi.
Özi aytganiday, bir neça marta qölidan, oyoğidan oğir yaralangan Jumamurod Rajabov maʼlum muddat davolangaç, yana va yana jang maydoniga qaytdi. Janglardagi mardligi va mislsiz jasorati tufayli Oliy Boş Qömondonlik tomonidan 1- va 2-darajali Vatan uruşi ordenlari, 1-2-3-darajali “Mukammal xizmatlari uçun” medallari va köplab jangovar medallar bilan mukofotlandi.
18 yoşida jangga kirgan navqiron yigit 25 yoşigaça, 1947-yilga qadar uruş tufayli vayronaga aylangan şahar va qişloqlarni tiklaş, qayta quriş işlarida iştirok etdi. Ona şahri Manğitga qaytgaç, avval öşa paytdagi Xorazm viloyati Manğit tuman FHDYo bölimi boşliği, keyinçalik mazkur tuman IIB boşliğining örinbosari, Amudaryo tuman IIB pasport bölimi boşliği, tuman IIB qöriqlaş bölimi boşliği lavozimlarida faoliyat olib bordi.
Hayotining bir nurli kunida u uruş tufayli Özbekistonga Qozon şahridan evakuatsiya qilingan Daniya Sayfutdinova ismli tatar millatiga mansub qiz bilan uçraşdi va nihoyatda oqila, gözal Daniya bilan turmuş qurişdi. Özaro ahil va baxtli bu nikoh tufayli Alloh Jumamurod Rajabov bilan Daniya Sayfutdinovaga biri-biridan şirin 10 nafar öğil-qizni ato etdi.
Kasbi öqituvçi bölgan "Qahramon ona" Daniya Fattahovna tumandagi 1-sonli maktabda yoş avlodga taʼlim-tarbiya beriş bilan birga öz farzandlarini ham umr yöldoşi bilan birgalikda el-yurtga munosib insonlar sifatida tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Bugungi kunda bu oiladan katta hayotga uçirma bölgan 10 farzand, 31 nevara, 74 çevara, 5 nafar evaralarning barçasi elda obrö-eʼtiborli şifokor, öqituvçi, davlat va jamoat xizmati fidoyilari.
– 9-may, Ğalaba, Xotira va qadrlaş kuni atamalari men uçun juda aziz va qadrli, – deydi Jumamurod Rajabovning suyukli qizi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, taʼlim va mahalla faxriysi Zebo Rajabova. – Biz farzandlar uçun otamning hayoti haqiqiy ibrat maktabi edi. Biz otamdan avvalo halollik, oilaparvarlik, Vatanparvarlik va mehnatsevarlikni meros qilib oldik. Uning butun hayoti barçamiz uçun çin maʼnodagi ibrat va toblaniş maktabi vazifasini ötadi va doimo şunday bölib qoladi. Har gal Toşkent şahriga borganimda Mustaqillik maydonidagi Xotira kitobining Qoraqalpoğiston bölimida otamning nomi yozilgan sahifalarini qalbimda faxr-u iftixor bilan öqiyman.

Suratda: Jumamurod Rajabov (pastki qatorda öngdan birinçi) quroldoş döstlari va QR IIV faollari bilan.
Jamiyatimizda şunday oilalar bor: arzimagan sabablar bilan jigarbandlar biri-biriga toş otib yaşaşadi, pul, boylik ortidan quvib, hayot deb atalmiş gözal xilqatning qadrini moddiyatlar bilan ölçaşga intilişadi. Jumamurod otaning ortida çiroğini yoqib qolgan avlodlari esa tamoman boşqaça – otalari bosib ötgan maşaqqatli hayot yöllaridan maʼno-mazmunlar topib, el-yurtga qayişib, mehr nurlarini ulaşib yaşaydilar. Çunki ular adolat va xalqlar ozodligi uçun janggohlarda qon keçib, hayot qadrini boşida baland tutib, Vatan, xalq osoyiştaligi uçun umrini baxşida etib yaşagan fidoyi insonlarning avlodlari!
Azizlar, atrofingizga boqing: hayot naqadar gözal, insonlarning çehralari gulgun. Ana şu gözallik va tökislikni bunyod etişda fidoyilik qilgan, tinçlik uçun jonlarini tikkan, Ikkinçi Jahon uruşida mislsiz qahramonlik körsatgan yurtdoşlarimiz, ular qatorida manğitlik “Jumamurod pasportstol” bilan keçagina bir havodan nafas olib yaşaganimiz, ana şu fidoyi inson suhbatlaridan bahramand bölganimiz ham biz uçun ibrat.
Biz uruş körmadik, uruş körganlarni kördik, ularning çekkan azob-uqubatlariga şerik böldik va... hayot qadrini yurakdan idrok etişni örgandik. Bugun esa ana şu fidoyi insonlarning farzandlari, avlodlari bilan osoyişta, tinç zamon nafasini his etib yaşaş baxtiga muşarrafmiz. Ilohim, Vatanda tinçlik neʼmati mangu, osoyişta, nurli hayot qadri hamişa baland bölsin!
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶