Paxtadan yuqori hosil oliş masalalariga bağişlangan seminar bölib ötdi
Paxta – yurtimiz iqtisodiyotida muhim örin tutuvçi qişloq xöjaligi ekinlaridan biri hisoblanadi. Paxta tolasi, çigit va boşqa mahsulotlari sanoat va eksport uçun katta ahamiyatga ega. Şu sababli, paxta yetiştirişda yuqori hosil oliş – har bir dehqon va fermer uçun asosiy maqsad hisoblanadi. Bunga erişiş esa, birinçi navbatda, töğri agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişga boğliq.
Joriy yilning 14-aprel sanasida Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududida paxtadan yuqori hosil olişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va samarali amalga oşiriş masalalariga bağişlangan qişloq xöjaligi seminari bölib ötdi.
Ovuldagi “Safarboy Qodir” fermer xöjaligi paxta dalasida taşkil etilgan seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi, tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya masalalari qömita raisi Anvar Jumanazarov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari, qişloq xöjaligi vaziri Şuhrat Teşayev, Özbekiston fermerlari kengaşi huzuridagi Fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi direktori Tölqin Sattorov, jamğarmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça vakili Allaniyoz Ajimov, tumandagi qişloq va suv xöjaligi sohasi masʼullari, fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari, Qişloq xöjaligi vaziri Şuhrat Teşayev sözga çiqib, davlatimiz rahbari tomonidan fermer xöjaliklari faoliyatini yanada rivojlantiriş, ularni qöllab-quvvatlaş borasida yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar xususida töxtalib ötdi va ulardan samarali foydalangan holda soha rivojiga munosib hissa qöşiş zarurligi xususida söz yuritdi.
Şuningdek, paxta hosildorligini oşirişda paxta yetiştirişda ilm va innovatsiyalarga asoslangan uruğçilik, nav tanlaş, yerga işlov beriş, öğitlaş, suğoriş işlarini töğri taşkil etiş paxta-töqimaçilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oşirişga xizmat qilişi, hududlarning tuproq-iqlim şaroitlariga mos eng maqbul navlarni köpaytiriş va ekiş lozimligi, tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kimyoviy va organik öğitlardan foydalaniş maqsadga muvofiq bölişi, ğöza kasalliklari va haşarotlarga qarşi kuraşişda samarador preparatlarni, zamonaviy texnologiyalarni qöllaş zarurligi hamda agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida va töğri amalga oşirilişini taʼminlaş lozimligi taʼkidlandi.
Maʼlumot tariqasida aytiş joizki, tumanda 2025-yil paxta hosili uçun 348 ta fermer xöjaliklaridagi 13 ming gektar ekin maydonlariga çigit ekilgan bölib, ular “Eko teks” klasteri bilan şartnoma tuzişgan. Paxtaçilik fermer xöjaliklari tomonidan paxta xomaşyosini yetiştiriş rejasi umumiy 57 ming 220 tonna bölib, çigit ekilgan maydonlarning 10 ming 600 gektariga “Sulton” navi, 2 ming 400 gektariga xorijiy navlar ekilgan. Çigit ekiş otryadlari soni 65 ta bölib, ularning aʼzolari 119 nafarni taşkil qiladi. Ularning 18 nafari agronomlar bölib, har bir otryadga bittadan rahbar masʼul qilib biriktirilgan va 3155 ta texnikalar jalb qilingan.
Seminar bölib ötayotgan “Safarboy Qodir” fermer xöjaligining umumiy yer maydoni 105,7 gektar bölib, ekin maydoni 81,8 gektarni taşkil etadi. Paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan köp tarmoqli fermer xöjaligi ekin maydonlarida ertaki sabzavot ekinlari kartoşka, karam, piyoz, sarimsoq piyoz, sabzi kabi mahsulotlar ham yetiştiriladi.
Seminar mobaynida respublika miqyosidagi rahbarlar tomonidan taʼkidlanganidek, paxta maydonlarida begona ötlar ösimliklarning ösişini susaytiradi, hosildorlikni kamaytiradi. Şu bois, agrotexnik çoralar orqali ularni yöqotiş, tuproqni begona ötlardan tozalaş, gerbitsidlardan foydalaniş va qator oralariga işlov beriş muhim ahamiyatga ega. Yer unumdorligini saqlab qoliş uçun paxta ekinini har yili bir maydonda ekişdan saqlaniş, yaʼni almaşlab ekiş tartibiga rioya qiliş zarur.
Aytiş joizki, yuqori paxta hosili – ilmiy asoslangan, tizimli agrotexnik tadbirlar orqali erişiladigan natijadir. Har bir dehqon va fermer öz işida uşbu tadbirlarga jiddiy eʼtibor bersa, nafaqat yuqori hosil, balki yer unumdorligi va iqtisodiy barqarorlik ham taʼminlanadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶