14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 12:39
Fan va taʼlim 👁 567

“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi oʻtkazildi

“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi oʻtkazildi

Yoshlarni milliy qadriyatlar va madaniyatga boʻlgan tahdidlar hamda yot gʻoyalardan asrash, har tomonlama rivojlangan, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, milliy anʼanalarga sadoqatli, dunyoqarashi keng, vatanparvar va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida har yili “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi oʻtkazib kelinmoqda. Amudaryo tumanida ham shu kabi musobaqa tashkil qilindi.

Tumanning Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan markaziy oʻyingohda oʻtkazilgan musobaqada Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari masʼul ofitseri Otabek Madalimov, harbiy xizmatchilar Mirjahon Majidov, Rustam Vahobov hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchi yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari masʼul ofitseri Otabek Madalimov kirish soʻzi bilan ochdi. U oʻz soʻzida harbiy musobaqalar yoshlarning kamolotiga har tomonlama yordam berishi, faqatgina jismoniy tayyorgarligini oshirib qolmasdan, intizom, jamoaviy ishlash, strategik fikrlash va ruhiy barqarorlik kabi muhim fazilatlarini ham rivojlantirishi xususida soʻz yuritdi.

Taʼkidlanganidek, ushbu musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika chegaraoldi shahar va tumanlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari faoliyatini tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori asosida tashkil etilgan boʻlib, mazkur qaror bu borada muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

“Yosh chegarachilar” harbiy musobaqasining tuman bosqichida 22-, 59-, 48-, 36- va 15-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar.

Har bir jamoada jami umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat 10 nafardan oʻquvchi yoshlar, jami 50 nafar ishtirokchi belgilangan shartlar asosida oʻzaro bellashdilar.

Xususan, musobaqa oʻquvchi yoshlardan iborat jamoalarning saf tayyorgarligi koʻrigi, harbiy varaqalar, albom, vimpel, jamoaning ramziy bayrogʻi va nomi yozilgan taxtacha koʻrigi, jamoalarning maxsus formasi koʻrigi, umumtaʼlim fanlari boʻyicha test sinovi, Kalashnikov avtomatini notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish, oʻgʻil bolalar 1000 metrga, qizlar 100 metrga yugurish, turnikda tortilish, azimut boʻyicha harakatlanish, granata uloqtirish, zaharlangan hududdan oʻtish, toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish, tibbiy yordam koʻrsatish, oʻq-dorilarni tashish, Kalashnikov avtomatidan oʻq otish, Kalashnikov avtomatining maketi koʻrigi kabi qiziqarli shartlar asosida boʻlib oʻtdi.

Aytish joizki, umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari hamda harbiy-vatanparvarlik musobaqalari yoshlarning maʼnaviy-intellektual salohiyatini va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Najmiddin Kubro kabi buyuk siymolarning vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuygʻularini shakllantirish, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat hissini uygʻotish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarda chegaraoldi hududlarda yuz berishi mumkin boʻlgan yoki sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish koʻnikmalarini shakllantirish, ularning chidamliligini oshirish hamda har qanday qiyinchiliklarni matonat bilan yengishga oʻrgatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 59-sonli maktab jamoasi 3-oʻrinni, 15-sonli maktab jamoasi 2-oʻrinni, 48-sonli maktab jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Gʻoliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026