“Vatan tayançi” otryadi aʼzolari örtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqiçi bölib ötdi
Harbiy-sport musobaqalari orqali yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, jismoniy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantiriş maqsadida mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf öquvçilari örtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqalari anʼanaviy tarzda ötkazib kelinmoqda.
Bu musobaqalar nafaqat yoşlarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini oşiriş, balki ularning harbiy sohaga bölgan qiziqişini kuçaytirişda ham muhim örin tutadi. Iştirokçilar maşğulotlar orqali birdamlik, masʼuliyat va fidoyilik kabi fazilatlarni şakllantiriş imkoniga ega böladilar.
Yaqinda Amudaryo tumanining Döstlik mahallasidagi bolalar va ösmirlar markaziy öyingohida “Vatan tayançi” otryadi aʼzolari örtasida “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan 6 jamoa ğoliblik uçun bellaşdi.
Tadbirni tuman hokimi örinbosari Bahodir Yernazarov oçib, iştirokçilarga muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor Şuhrat Mamatov yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşning ahamiyati va bu borada amalga oşirilayotgan işlar xususida töxtaldi.
Musobaqa Nizomda belgilangan şartlar asosida taşkil etildi. Dastlab, jamoalar saf yuriş va harbiy-vatanparvarlik qöşiqlari ijrosini namoyiş qildi. Bölajak harbiylar şaxdam qadam taşlab, birgalikda ijro etgan qöşiqlari orqali intizom va jamoaviy harakat qiliş mahoratlarini namoyiş etişdi.
Keyingi sinov – harbiylaştirilgan estafetada jamoalar tezkorlik va tayyorgarlik darajasini sinovdan ötkazişdi. Iştirokçilar harbiy qurolni notöliq qismlarga ajratiş va yiğiş, gazga qarşi niqob kiyiş hamda belgilangan yukni kötarib yuguriş kabi vazifalarni bajarib, jismoniy çaqqonlik va taktik könikmalarini namoyon qilişdi.
Bundan taşqari, musobaqa davomida yoşlar jangovar vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qiliş, jismoniy mustahkamlikni saqlaş va stress holatida samarali harakat qiliş könikmalariga ham ega bölişdi. Bu kabi maşğulotlar ularning kelajakda turli sinovlarga tayyor turişlariga xizmat qiladi.
Şundan söng, stadion böylab yuguriş şartiga navbat berildi. Belgilangan masofani töxtovsiz bosib ötiş talab etilgan bu sinov yoşlarning çidamliligi, tezligi va jismoniy bardoşini sinovdan ötkazdi.
Yakuniy bellaşuv — arqon tortiş şartida jamoalar kuç, hamjihatlik va özaro işonç asosida ğoliblik uçun kuraşdi. Bu sinov iştirokçilarning jamoaviy hamkorlik va ruhiy mustahkamlik könikmalarini oşirişga xizmat qildi.
Musobaqa yakunida ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Tuman bosqiçida 1-örinni qölga kiritgan jamoa keyingi bosqiçda iştirok etiş huquqiga ega böldi. “Vatanparvarlik” harbiy-sport musobaqalari yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, harbiy kasbga qiziqişni kuçaytiriş va vatan himoyaçisi sifatida masʼuliyatini his etişiga muhim hissa qöşdi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶