13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 11:13
Fan va taʼlim 👁 398

Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi – bilim va kasbga yoʻgʻrilgan kelajak maskani

Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi – bilim va kasbga yoʻgʻrilgan kelajak maskani

Har bir tong yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Har bir qadam esa Sizni ilm va muvaffaqiyatga yetaklaydi. Bugungi kunda bilimli va malakali mutaxassislarga ehtiyoj oshib borayotgan bir paytda, oʻz kasbingiz boʻyicha mukammal bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar Siz muhandis yoki ixtirochi boʻlishni, yoxud oʻz biznesingizni boshlashni orzu qilsangiz, bu yoʻl ilm olishdan boshlanadi. Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi aynan shu maqsadda tashkil etilgan zamonaviy taʼlim muassasasi boʻlib, oʻquvchilarga sifatli taʼlim olish, nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar bilan boyitish va kasbiy tajriba egallash imkonini beradi.

Prezidentimizning 2024-yil 16-oktyabr kungi “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi tashkil etildi. Muassasa avvalgi Amudaryo tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi negizida tashkil etilgan boʻlib, 360-oʻrinli oʻquv majmuasi sifatida faoliyat yuritadi. Politexnikum Qoraqalpoq davlat universitetiga biriktirilgan boʻlib, oʻquv jarayoni milliy va xalqaro standartlarga mos ravishda olib boriladi.

Politexnikumda oʻquvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy taʼlim infratuzilmasi, innovatsion yondashuv va yuqori malakali mutaxassislar ishtirokidagi oʻquv jarayoni bu yerda taʼlim olishni yanada samarali qiladi. Muassasa hududida 150-oʻrinli ishlab chiqarish ustaxonalari, faollar va sport zallari, ochiq sport maydonchalari, lingafon xonalari, maxsus kasb-hunar xonalari, zamonaviy laboratoriyalar mavjud boʻlib, ular oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulotlar bilan boyitish va tanlagan kasblariga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Shuningdek, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan ustaxonalar, kompyuter va multimedia sinfxonalari orqali oʻquvchilar yangi texnologiyalar bilan ishlashni amalda oʻrganadilar. Har bir oʻquvchi uchun individual yondashuv, interfaol darslar va koʻrgazmali taʼlim usullari qoʻllaniladi. Elektron taʼlim platformalari orqali dars materiallari va videodarslarga onlayn kirish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, politexnikumda oʻquvchilar uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari va turli ijodiy tanlovlar muntazam tashkil etiladi. Oʻquvchilar nafaqat kasbiy bilim olishadi, balki shaxsiy va ijtimoiy koʻnikmalarni ham rivojlantirishlari mumkin. Shuningdek, iqtidorli oʻquvchilar xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar hamda kasbiy koʻnikmalar tanlovlarida ishtirok etishlari uchun imtiyozli dasturlar amalga oshiriladi.  

Politexnikumning asosiy maqsadi – muhandislik va texnik sohalarda oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari, oshpazlik va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maishiy masalalari menejeri kabi yoʻnalishlarda dual taʼlim shakli joriy qilingan boʻlib, ish beruvchilar bilan hamkorlik asosida oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladi. 2025-2026 oʻquv yilida Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha 9-sinf bitiruvchilari uchun avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, payvandlovchi, oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi, maishiy texnika jihozlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, oshpazlik, yakka tartibda kiyim tikuvchi hamda raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi yoʻnalishlarida taʼlim olish imkonini taqdim etadi.

Shuningdek, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi, kutubxonashunoslik va bibliografiya, sport faoliyati hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maishiy masalalari menejeri kabi yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

Politexnikumda taʼlim oluvchilar oʻz mutaxassisliklari boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatilgan. Bundan tashqari, bitiruvchilar oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar asosida oliy taʼlimning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirish imkoniga ega boʻladilar.

Shu bilan birga, politexnikum turli ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilgani sababli, bitiruvchilar uchun mehnat bozorida ishga joylashish imkoniyatlari ancha kengdir. Kasbga ega boʻlgan yoshlar davlat va xususiy sektorda, startaplarda va hatto oʻz bizneslarini boshlashda katta ustunlikka ega boʻladilar.

Politexnikumda taʼlim olish jarayonida faqat nazariy bilimlar emas, balki amaliy koʻnikmalarga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Har bir yoʻnalish uchun maxsus jihozlangan sinfxonalar va ustaxonalar tashkil etilgan boʻlib, zamonaviy asbob-uskunalar va texnik jihozlar taʼlim jarayonining sifatini oshiradi. Shuningdek, malaka va kompetentsiyalarni oshirish uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari ham tashkil etilgan boʻlib, bu tahsil oluvchilarning kasbiy faoliyatlarini tezroq boshlashlariga yordam beradi. Har bir oʻquvchi uchun davlat granti asosida taʼlim olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan talabgorlar uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Taʼlim jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, talabalarning amaliy mashgʻulotlarda qatnashishlari, real ish sharoitiga moslashishlari uchun turli tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Politexnikum bitiruvchilari yoʻnalishiga qarab, davlat va xususiy sektordagi turli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtashadi. Bu esa ularga kelajakda oʻz mutaxassisliklari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ishga joylashish imkonini beradi. Shuningdek, iqtidorli oʻquvchilarga politexnikum tomonidan qoʻshimcha malaka oshirish kurslari va sertifikat dasturlari taklif etiladi. 

Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi – bilim, kasb va muvaffaqiyat manbai. Bu yerda olinadigan bilim va koʻnikmalar orqali kelajakda oʻz sohangizda muvaffaqiyatga erishishingiz, oʻz kasbingizni egallashingiz va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassisga aylanishingiz mumkin. Agar Siz ham muvaffaqiyatga yoʻl ochishni istasangiz, birinchi qadamni biz bilan boshlang!

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026