SAYYoR QABUL OʻTKAZILADI
Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi boʻyicha davlat organlarida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan hokimliklar, vazirlik va idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joylarda sayyor qabullar oʻtkazish jadvali tasdiqlandi.
Shunga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiapparatida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari va vazirlik rahbariyati tomonidan 2015-yilda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlandi.
Mazkur jadval boʻyicha vazirlik rahbariyati joriy yilning iyun oyida Amudaryo tumani hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor tarzda qabul qiladi.
Aytish kerakki, mazkur sayyor qabulni uyushqoqlik bilan tashkil qilish boʻyicha tuman hokimligi tomonidan barcha zarur choralar koʻriladi. Tumanda yashovchi jismoniy shaxslar hamda tuman hududida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning vakillari sayyor qabul kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vizirligi xodimlariga ariza va takliflari bilan murojaat qilishlari mumkin.
Davlatimiz tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan bu kabi chora-tadbirlar barcha fuqarolarning oʻz huquqlarini anglab yetishi va amalga oshirishi, huquqiy ongining oʻsishi, huquqiy madaniyatining rivojlanishiga hissa qoʻshishi shubhasiz.
D.Bekniyazova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimi.
(Foto - http://biznestrener.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶