DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismda “Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi
Har bir özbek xonadonida öğil bola dunyoga kelsa askar tuğildi, deya suyunçilar ulaşilib, elga oş beriladi. Albatta, bu bejizga emas. Dastlab, oilada öğil bolaga haqiqiy himoyaçi, ertangi kun işonçi sifatida qaralib, tarbiya berilsa, keyinçalik esa jamiyatda, taʼlim maskanlarida yigitlarimizga çinakam vatan himoyaçisi bölişlari uçun zamin yaratiladi. Bu borada yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida taşkil qilinayotgan “oçiq eşiklar kuni” tadbirlarining ahamiyati katta. Ana şunday tadbirlardan biri yaqinda Amudaryo tumanida joylaşgan Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismda ötkazildi.
Tadbirda Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor Şuhrat Mamatov, Nukus şahar Prokuraturasi xodimi Farid Ramazonov, DXX çegara qöşinlari masʼul ofitseri Sanjarbek Toşmatov, DXX çegara qöşinlari xodimi Mirjahon Majidov, şuningdek, tumanimizda muddatli harbiy xizmatni ötayotgan oddiy askarlar hamda tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari öquvçilari qatnaşdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yoşlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptiriş, ularda şu yurt taqdiriga va kelajagiga daxldorlik tuyğusini uyğotiş hamda çinakam vatan himoyaçilarini kaşf etişdan iborat.
“Oçiq eşiklar kuni”da sözga çiqqan masʼullar maktab öquvçilariga ona yurt sarhadlarida sobit qadam bölib, özi tuğilib ösgan diyorning tinçligi va osoyiştaligini saqlaş har bir farzandning muqaddas burçi ekanini alohida taʼkidlaşdi. Şuningdek, vatan tinçligi yölida fidokorona xizmat qilib, mardlarça halok bölgan bir qator harbiylarimizning şarafli umr yölini öquvçilarga ibrat sifatida keltirib ötdilar. Darhaqiqat, Milliy Armiyamizning qudratini oşirişda mard va jasur öğlonlarimizning örni beqiyos.
Milliy armiya – har bir davlat mustaqilligining kafolati, Vatanning mustahkam qalqonidir. Yoşlar armiyada nafaqat harbiy bilim va könikmalarga ega böladilar, balki jismonan baquvvat, irodali va vatanparvar insonlar sifatida şakllanadilar. Muddatli harbiy xizmat yoşlarga tartib-intizomli böliş, jamoa bilan işlaş va masʼuliyatni his qilişni örgatadi.
Şu sababli ham vatan himoyaçisi böliş har bir yigitning orzusi, desak mubolağa bölmaydi. Yigitlarimizda harbiy xizmatga çaqirilguniga qadar yigitlik burçi qay tarzda ado etiladi, harbiy texnikalardan qay tartibda foydalaniladi, umuman, Armiya hayoti qanday böladi, degan savollar bölişi tabiiy.
Tadbir davomida öquvçilar uşbu savollarga javoblar oldilar. Ösmirlar va yoşlar tadbir davomida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarimizning yaşaş joylari, ularga yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Şu bilan birga, ular harbiy texnikalardan, qurol-aslahalardan, xizmat otlari va xizmat itlaridan foydalaniş, ular bilan qay tartibda işlaş böyiça maʼlumotga ega böldilar.
Tadbir iştirokçilari harbiylardan özlarini qiziqtirgan savollarga tegişliça javoblar oldilar. Albatta, ötkazilayotgan bu kabi tadbirlar yurtimizda Jaloliddin Manguberdi izdoşlarining safini kengaytirişda, yoşlarimizning harbiy xizmatga, ona yurtga bölgan muhabbatini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶