Harbiy xizmat – şaxsiy kamolot va mardlik maktabi
Bugungi kunda Qurolli Kuçlarimiz nafaqat mamlakat hududiy yaxlitligini himoya qiliş, balki yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda ham muhim örin tutmoqda. Harbiy xizmat – Vatan oldidagi muqaddas burç, milliy armiyamiz safidagi har bir askar mardlik va jasoratning yorqin timsolidir.
Biz yaqinda, mamlakat Qurolli kuçlari taşkil yetilganining 33 yilligi munosabati bilan DXX Çegara qöşinlari safida öz xizmat burçini ötayotgan oddiy askar Ozodbek Qodirov va Samariddin Turdimurodovlar bilan suhbatda böldik.
Izoh: Ozodbek Qodirov Azimjon öğli 2005-yil Farğona viloyati, Danğara tumanida tuğilgan.
Samariddin Turdimurodov Baxtiyor öğli 2000-yil Qaşqadaryo viloyati, Qamaşi tumanida tuğilgan.
– Harbiy xizmat nafaqat Vatan oldidagi burç, balki inson şaxsiyatini şakllantirişda muhim rol öynaydigan hayot maktabidir. Harbiy xizmat davomida har bir kişi öz dunyoqaraşi va şaxsiy fazilatlarida özgariş sezadi. Harbiy xizmat Sizning hayotingizga qanday özgarişlarni olib kirdi?
Ozodbek Qodirov: – Harbiy xizmat hayotimga unutilmas taassurotlar va katta özgarişlar olib kirdi. Bu davrda faqatgina Vatan oldidagi burçni bajarib qolmay, öz şaxsiyatimni şakllantiriş, matonat va jasoratni his qiliş imkoniga ega böldim. Harbiy xizmat menda masʼuliyatni çuqurroq anglaş, jamoa bilan işlaş, maşaqqatli sinovlarni yengiş kabi köplab muhim fazilatlarni rivojlantirdi. Men Farğona viloyati, Danğara tumanida tuğilganman. Bugungi kunda Vatanimizning şimoliy sarhadlarini qöriqlaş vazifasini bajarib, öz yerim, xalqim va oilam tinçligini taʼminlaşga hissa qöşyapman.
Harbiy xizmat davomida Vatan tuproğining har qariçini qadrlaşni, xalqimning tinç-osuda hayoti uçun masʼuliyatli ekanligimni yana bir bor his qildim. DXX çegara qöşinlari safida xizmat qilayotganimdan xursandman.
Harbiy xizmat nafaqat mening jismoniy va maʼnaviy kuçimni oşirdi, balki Vatanga bölgan muhabbatimni yanada mustahkamladi. Harbiy xizmat hayot maktabi ekanini his qilgan har bir inson buni faxr bilan esga oladi. Men bu maktabni bosib ötayotganimni, Vatanim tinçligi va mustaqilligiga hissa qöşayotganimni çin dildan faxr bilan ayta olaman.
– Hozirgi kunda harbiy tayyorgarlik zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilmoqda. Bu esa harbiy xizmatning samaradorligini oşiriş bilan birga, zamonaviy könikmalarni şakllantiriş imkonini ham beradi. Siz xizmat davomida qanday zamonaviy texnologiyalar bilan tanişdingiz? Uşbu bilim va könikmalarni özlaştiriş jarayoni qançalik samarali böldi?
Samariddin Turdimurodov: – Zamonaviy texnologiyalar biz kabi muddatli harbiy xizmatçilarga, davr talablariga mos bilim va könikmalarni özlaştiriş imkonini bermoqda. Xususan, DXX Çegara qöşinlarida xizmat davomida ilğor texnologiyalar va zamonaviy uskunalar bilan işlaşni örgandim. Bu nafaqat mening harbiy vazifalarimni samarali bajarişda yordam berdi, balki texnologiyalardan foydalana oliş könikmalarimni ham sezilarli darajada oşirdi.
Çegara xavfsizligini taʼminlaş uçun qöllanilayotgan videokuzatuv tizimlari, dronlar, zamonaviy aloqa vositalari va xavfsizlik sensorlari orqali har bir vaziyatni tezkor baholaş va zarur çoralar köriş imkoniyatiga ega böldik. Bunday texnologiyalarni özlaştiriş jarayonida rahbarlarimiz tomonidan öquv dasturlari va amaliy maşğulotlar yuqori saviyada taşkil etilgan. Uşbu treninglar nazariy bilim va texnologiyalar bilan bevosita işlaş tajribasini ham berdi.
Harbiy xizmat davomida bu könikmalarni özlaştiriş nafaqat Vatan himoyasi uçun, balki kelajakda hayotimning boşqa sohalarida ham foyda keltirişiga işonaman. Men uçun xizmat davomida örgangan har bir yangi texnologiya bu faqat zamonaviy qurilma emas, balki Vatan xavfsizligini taʼminlaş yölidagi kuçli qurol hamdir.
– Harbiy maşğulotlar jismoniy çiniqiş va ruhiy holatni sinovdan ötkazadigan muhim jarayondir. Siz uçun eng katta qiyinçilik qaysi maşğulotlarda yuzaga kelgan. Uşbu sinovlar sizning şaxs sifatida rivojlanişingizga qanday hissa qöşdi?
O. Q: – Muddatli harbiy xizmat davomida bizga jangovar tayyorgarlik va ruhiy mustahkamlik ham örgatildi. Har bir maşğulotning maqsadi aqlni va jismoniy holatni çiniqtiriş, yaʼni Vatan uçun masʼuliyat hissini kuçaytirişdan iborat. Ustozlarimizning saboqlari va ulardan olingan motivatsiya orqali men maqtaniş emas, kuçli askar, balki çin maʼnoda vatanparvar inson sifatida şakllandim.
Maşğulotlarda olingan saboqlar menga hayotiy sinovlarga qarşi bardoşli bölişni, qörquvni yengib, qatʼiyat bilan harakat qilişni örgatdi. Endi men qiyinçiliklarni tösiq deb emas, balki öz şaxsiyatimni rivojlantiriş uçun imkoniyat deb qabul qilaman. Bu esa hayotimning har bir jabhasida dadil va masʼuliyatli inson bölişimga yordam bermoqda. Har kuni bu xizmat orqali Vatanga bölgan muhabbatim va sadoqatim yanada kuçayib bormoqda!
– Har bir insonni oldinga undaydigan öz içki kuçi böladi. Bu kuç inson hayotining maqsad va qadriyatlari bilan çambarças boğliq. Sizni har kuni harakat qilişga, yangi marralarni zabt etişga undaydigan asosiy motivatsiya nima?
S. T: – Meni har kuni oldinga undaydigan kuç — Qurolli Kuçlar Oliy Boş qömondoni, Yurtboşimizning Vatan ravnaqi yolidagi tinimsiz mehnati, bizga körsatayotgan eʼtibori va ğamxörligi. Davlatimiz rahbarining tinçlik va farovonlik yölida olib borayotgan saʼy-harakatlari menga katta ilhom bağişlaydi.
Men Vatanim sarhadlarida xizmat qilayotgan oddiy askar sifatida har bir kunni maqsadli, jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor bölişga bağişlayman. Ota-onam, yurtdoşlarimning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaş meni harakat qilişga undaydi.
Harbiy xizmatga kelganimning ilk kunlarida, qölimda qurol bilan sarhadlarimizning eng muhim nuqtalarni himoya qilayotganimda, Vatan tuyğusi eng uluğ tuyğu ekanini angladim. Çunki qöldagi qurol bilan Vataningni himoya qiliş, uning çegaralarini qöriqlaş — bu hamma uçun nasib etmaydi. Buni söz bilan ifodalaş qiyin, lekin men bugun dunyodagi eng baxtli insonman, deb aytsam mubolağa bölmaydi.
– Har bir fuqaro Vatan himoyasi uçun özini masʼul deb his qilişi muhim. Sizningça, tengdoşlarimizda vatanparvarlik tuyğularini yanada şakllantiriş va fuqarolarning masʼuliyatini oşiriş uçun qanday çoralar köriş zarur.
O. Q: – Bugungi kunda tengdoşlarimizda vatanparvarlik tuyğusini yanada şakllantiriş va fuqarolik masʼuliyatini oşiriş uçun bir qator amaliy çoralar körilmoqda. Xususan, vatanparvarlik ruhidagi “Oçiq eşiklar kuni”, “Armiya va xalq – bir tan, bir jon!” mavzusidagi tadbirlarda öquvçi-yoşlar Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti, “Nuroniylar” uyuşmasi va Yoşlar işlari agentligining tuman bölinmalari faol iştirok etmoqda.
Tadbirlar davomida öquvçilarga mamlakatimizda harbiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar haqida keng tuşunça berilmoqda. Ayniqsa, harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida taşkil etilgan tadbirlar öquvçilarda unutilmas taassurot qoldirib, ularda milliy armiyamiz va uning kuç-qudratiga bölgan işonçni mustahkamlamoqda.
Bunday taşabbuslar yoşlarning harbiy xizmatga bölgan qiziqişini oşiribgina qolmay, ularda ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi. Nazarimda bu kabi tadbirlarni kengroq miqyosda va doimiy ravişda ötkaziş zarur. Şuningdek, yoşlarning harbiy sohadagi yetakçi mutaxassislar bilan muloqot qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, zamonaviy harbiy texnologiyalar bilan yaqindan taniştiriş va ularda jamoaviylik ruhini şakllantiriş maqsadida amaliy maşğulotlarni yölga qöyiş kerak.
– Tinçlik – bu insoniyatning eng uluğ qadriyatlaridan biri. Ammo har bir inson uçun bu tuşunça öziga xos mazmunga ega bölişi mumkin. Siz uçun tinçlik tuşunçasi nimani anglatadi?
S. T: – Tinçlik – insoniyatning eng uluğ qadriyatlaridan biri. Bu neʼmatning asl qadrini notinçlik va turli xildagi qöporuvçiliklar sodir bölayotgan mintaqalardagi aholi hayotini his qilgan inson anglay oladi. Tinçlik – bu faqat uruşning yöqligi emas, balki odamlarning osoyişta hayot keçirişi, öz kelajagini işonç bilan qurişi va xavfsizlikda yaşaşidir.
Afsuski, yurtimiz taraqqiyotini körolmaydigan va öz ğarazli maqsadlarini amalga oşirişga urinayotgan kimsalar ham topiladi. Ularning qabih niyatlari faqat notinçlik va parokandalikka olib kelişi mumkin. Şu sababli, barçamiz ogoh va huşyor bölişimiz zarur.
Mustaqilligimiz va tinçligimiz doimo mustahkam bölsin, osmonimiz musaffo, davlat çegaralarimiz daxlsiz bölsin. Bu qadriyatlarni asraş har birimizning burçimizdir. Muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan yoş çegaraçilar sifatida biz tinçlikni asraş yölida bor imkoniyat va kuçimizni safarbar etamiz. Çunki tinçlik – bizning eng katta boyligimiz va yurtimiz kelajagi uçun muhim vazifamizdir.
Şohzod Qurbonboyev suhbatlaşdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶