17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:28
Jamiyat 👁 328

Huquqiy islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilmoqda

Huquqiy islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar mamlakatimizda aholini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy adolatni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayon Amudaryo tumani Adliya boʻlimi hamda uning tarkibidagi Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyati misolida yaqqol namoyon boʻlmoqda. 

Amudaryo tumanida qonun ustuvorligini taʼminlash, aholiga huquqiy yordamni yaqinlashtirish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida tuman Adliya boʻlimi va boʻlimga qarashli markazlar va muassasalar samarali faoliyat yuritmoqda. 

Qonunlar ustuvorligini taʼminlash va inson huquqlarini himoya qilish – jamiyat taraqqiyotining asosiy koʻrsatkichlaridan biridir. Qolaversa, aholining huquqiy savodxonligini oshirish ham bu borada dolzarb ahamiyatga ega. Shu maqsadda oʻtkazilgan uchrashuvlarda aholiga mingdan ortiq huquqiy targʻibot materiallari tarqatilib, qonunchilik asoslari keng targʻib qilinmoqda. Oʻtgan yil davomida tashkil qilingan “Adliya kuni” tadbirlari doirasida 2 ming 746 xonadon qamrab olinib, 841ta oilalarning huquqiy muammolari hal etilishi aholining davlat organlariga ishonchini oshirishda muhim omil boʻldi.

Tuman Adliya boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan joylarda tashkil etilgan 41ta huquqiy targʻibot tadbiri yoshlarning bilim doirasini kengaytirib, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishga ishonchini kuchaytirdi. Qolaversa, 35 nafr yoshga kasb-hunar oʻrgatilib, 12 nafarining kredit va subsidiyalar olishida amaliy yordam koʻrsatilishi ijtimoiy adolat tamoyilini amalda namoyon etdi.

Ovul va mahallalarda oʻtkazilgan 52ta huquqiy targʻibot tadbirlari ham alohida ahamiyatga ega. Bunda tarqatilgan 61ta metodik qoʻllanmalar orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar samarali boʻldi.

Tuman Adliya boʻlimiga 2024-yil davomida jami 445 murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 418tasi oʻz yechimini topgan. 192ta murojaat qanoatlantirilib, 226ta murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berilgan. Sudlarga kiritilgan 69ta arizadan 64tasining qanoatlantirilishi boʻlim faoliyatining samaradorligidan dalolat beradi.

Tuman boʻyicha 12 ta tashkilotda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan 1 ming 83ta qonunbuzilish holati qonunchilikning barqarorligini taʼminlashda muhim oʻrin tutdi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida amalga oshirilgan 505ta chiqish, 195ta targʻibot tadbirlari qonunchilikning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda oʻz natijasini koʻrsatdi. Ushbu tadbirlar nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega boʻlib, aholining qonunlarga amal qilishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan oʻtgan yil davomida tuman sudiga 7ta daʼvo arizasi va 13ta talabnoma kiritilib, ularning barchasi qanoatlantirildi. Bu natijalar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi ishonchli va samarali yondashuvdan dalolatdir.

Tuman Davlat xizmatlari markazi aholi va tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratib, davlat va jamiyat oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlashda muhim vositaga aylanmoqda. 2024-yil davomida markaz tomonidan 78 ming 484ta davlat xizmati koʻrsatilgani buning yorqin dalilidir. Xususan, 56 ming 293ta xizmat markazga bevosita murojaat qilgan fuqarolarga taqdim etilgan boʻlsa, yana 22 ming 191ta xizmat onlayn shaklda koʻrsatilgan. Elektron xizmatlarning kengaytirilishi va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish aholi vaqtini tejash bilan birga xizmat koʻrsatish samaradorligini yanada oshirmoqda.

Markaz tomonidan 2024-yil davomida 3 ming 392ta yangi tadbirkorlik subʼekti va yuridik shaxslar roʻyxatga olingan. Bu nafaqat hududning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradi, balki aholining biznes bilan shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Tuman Davlat xizmatlari markazi oʻz faoliyatini nafaqat markazlashgan tarzda, balki chekka hududlarga yoʻnaltirgan holda amalga oshirgani ham eʼtiborga loyiq. 2024-yilda 3 ming 950ta xizmat olis ovul va mahallalarda koʻrsatildi. Ushbu tashabbus eng chekka hududlardagi aholining davlat xizmatlaridan foydalanish huquqini toʻliq taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Xitoy ovulida tashkil etilgan filial orqali 2 ming 160ta xizmat koʻrsatilib, davlat xizmatlari aholiga yanada yaqinlashtirildi. Bu kabi amaliy chora-tadbirlar xizmatlarni odil, teng va ochiq tarzda taqdim etishga zamin yaratmoqda.

Muassasa faqatgina koʻrsatilgan xizmatlar soni bilan emas, balki ularning sifati va qulayligi bilan ham ajralib turadi. Markazning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi, xodimlarning yuqori malakasi hamda aholi bilan samarali muloqot oʻrnatish tizimi faoliyat samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. 

Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan 2024-yilda 4 ming 652ta tugʻilish qayd etilgan. Bu raqam nafaqat hududning demografik oʻsishini, balki shuncha chaqaloqlar hayotining ilk huquqiy hujjati bilan taʼminlanganligini ham koʻrsatadi. Shuningdek, 1 ming 606 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ularning 464tasi sayyor tarzda amalga oshirildi.

Hisobot davrida ajrimlar soni 190tani tashkil etsa-da, yarashtirish komissiyalarining faoliyati tufayli koʻplab oilalar saqlab qolindi. Bu holat FHDYo boʻlimining nafaqat huquqiy xizmat koʻrsatish, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyatini ham namoyon etadi. Oilalar farovonligini saqlashga qaratilgan ushbu saʼy-harakatlar davlatning xalq manfaatlariga xizmat qilishdagi masʼuliyatini yanada yuksaltirdi. 

Boʻlim faoliyati doirasida fuqarolarga qariyb 292 million soʻmlik davlat boji, 383 million soʻmlik gerb yigʻimi va 216 million soʻmlik pulli xizmatlar koʻrsatildi. Ushbu koʻrsatkichlar FHDYo boʻlimi xizmatlarining qulayligini tasdiqlash bilan birga, uning iqtisodiy samaradorligini ham yaqqol namoyon etadi. 

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy jihatdan ham jamoat manfaatlariga xizmat qilmoqda. Bu holat jamiyatning huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni davlat tizimlariga yanada faol jalb qilish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga yordam beradi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqparvar siyosat adliya tizimidagi islohotlar bilan bevosita bogʻliqdir. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan demokratik jarayonlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ushbu tizimlarning sifatli va samarali ishlashini taʼminlashga yordam bermoqda.

Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakatimizda adolatli va erkin jamiyatni qurish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026