QISQA SATRLARDA
ChORAK YaKUNLARI MUHOKAMA QILINDI
2-may kuni tuman hokimligida 2015-yilning 1-choragida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish yakunlari va kelgusidagi ustuvor masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda hisobot davrida tumanda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 116 foizni, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hajmi 102,7 foizni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 107,5 foizni, pudrat ishlari hajmi 104,9 foizni tashkil etgani qayd etildi.
Yigʻilishda iqtisodiy va ijtimoiy sohaga taalluqli masalalar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
KOLLEJDA SEMINAR - TRENING
13-15-aprel kunlari Mangʻit iqtisodiyot kollejida oʻrta maktablarning 8-9- sinf oʻquvchilari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey oʻquvchilari ishtirokida "Orasta qizlar” toʻgaragi salohiyati va imkoniyatlaridan kengroq va tizimli foydalanish orqali samarali natijalarga erishish maqsadida uch kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Navbatdagi Plenum boʻlib oʻtdi
30-aprel kuni OʻzXDP tuman Kengashining navbatdagi III plenumi boʻlib oʻtdi. Unda Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis Palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar hamda demokratik islohotlarning hozirgi bosqichida partiya oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶