15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 00:46
Jamiyat 👁 406

Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda

Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda

15-noyabrdan 15-dekabrgacha mamlakatimiz boʻylab “Yongʻin xavfsizligi oyligi” tadbirlari oʻtkazilayotgani Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlarini yanada samarali faoliyat olib borishga undamoqda. Oylik doirasida Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda yongʻinni oʻchirish texnikalari namoyish qilindi.

Oʻquvchilarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yoqilgʻi yoqiladigan moslamalarni qarovsiz qoldirmaslik, elektr uskunalarini faqat soz holatda ishlatish, yonuvchan materiallarini maxsus joylarda saqlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari haqida maʼlumot berilib, yongʻin sodir boʻlganda harakatlanish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, masʼullar maktabda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar bilan yaqindan tanishib, isitish tizimi joylashgan qozonxonada havo almashinuvini taʼminlash, xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilish, isitish qurilmalarini doimiy ravishda tekshirib, soz holatda ishlatish boʻyicha tavsiyalar berdilar. Barqaror isitish tizimlari ijtimoiy obʼektlarda sogʻlom muhitni taʼminlab, oʻquvchi va oʻqituvchilarning faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi alohida qayd etildi.

Oylik doirasida masʼullar ovul va mahallalarda boʻlib, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borishga ham eʼtibor qaratishmoqda. Maʼlumki, kunlar sovib, isitish tizimlari ishga tushishi bilan, aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanishdek noxush hodisalar koʻproq sodir boʻla boshlaydi. Is gazi – rangi va hidi boʻlmagan zaharli gaz boʻlib, u uglerodning toʻliq yonimasligi natijasida paydo boʻladi. Bu gaz havo tarkibida yuqori kontsentratsiyada boʻlsa, inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Is gazi turli yoqilgʻilarning, jumladan, koʻmir, tabiiy gaz, yogʻoch yoki benzinning chala yonishi oqibatida paydo boʻladi. Havo yoʻli bilan organizmga kirgan is gazi qondagi gemoglobin bilan bogʻlanib, tana toʻqimalariga kislorod yetib borishiga toʻsqinlik qiladi, bu esa zaharlanishga olib keladi.

Mana shunday noxush holatlar sodir boʻlishining oldini olish, unga sharoit yaratib beruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish hamda aholini ogohlikka chaqirish maqsadida masʼullar muntazam ravishda aholi xonadonlarida boʻlib, oʻrganishlar oʻtkazmoqda va tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Tahlillarga koʻra gaz moslamalaridan foydalanish jarayonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, yoqilgʻi yoqish tizimlaridagi nuqsonlar, yaʼni pechlar, gaz plitalari va qozonlar texnik holatining tekshirilmasligi, xona ichida havo aylanishining cheklanganligi, yaʼni ventilyator yoʻqligi yoki oynalarning ochmasligi, qozonxona yoki gaz plitalarining uy ichida joylashishi is gazidan zaharlanishning asosiy sabablari sirasiga kiradi.

Masʼullar koʻp qavatli uylarda, mahallalar va koʻchalarda boʻlib, aholi ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazib, tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bordilar hamda yongʻin xavfsizligi, xususan is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalar berdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019