MAKTABGAÇA VA MAKTAB TAʼLIMI XODIMLARI UÇUN KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞ MAVZUSIDA SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Bugungi kunda korruptsiya dunyo miqyosida hal etilişi lozim bölgan global muammolardan biri hisoblanadi. Uşbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanişiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bölişiga olib keladi. Şu bois, unga qarşi kuraş xalqaro ahamiyat kasb etib, jahondagi barça davlatlar siyosatida muhim masalalar qatoridan joy olgan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş xalqaro miqyosda bölgani kabi mamlakatimizda ham hal etilişi lozim bölgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi va unga qarşi muvaffaqiyatli kuraş tizimini barpo etişda keng kölamli hamkorlikni rivojlantiriş, bu borada har bir fuqaro va har bir rahbar xodimning masʼuliyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Çunki korruptsiya jamiyatning maʼnaviy ustunlari hamda demokratiyani yemiradi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiy etişi uçun ulkan xavf tuğdiradi.
Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligining 2024-yil 28-oktyabrdagi “Nazorat tartibida tekşiriş ötkaziş, korruptsiyaga qarşi profilaktika çora-tadbirlarini amalga oşiriş haqida”gi tegişli buyruği asosida ZOOM platformasi orqali taşkil qilingan seminarda ham korruptsiyaning jamiyat taraqqiyotiga zarari xususida hayotiy misollar asosida batafsil maʼlumotlar berildi.
Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan taşkillaştirilgan mazkur seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari Hamidjon Begdullayev va Raxat Yerjanovlar, Amudaryo tumani MMTB xodimlari, umumtaʼlim maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari iştirok etdilar.
Seminar avvalida iştirokçilarga korruptsiyaga qarşi kuraşişga oid qonunçilik va içki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tuşuntirişga qaratilgan körgazmali materiallar tarqatildi. Şuningdek, korruptsiya haqida xabar berişga möljallangan vazirlik va tizim taşkilotlari aloqa kanallarini keng tarğib qiliş maqsadida tarğibot materiallari tarqatilib, taqdimotlar ötkazildi. Bundan taşqari, iştirokçilar korruptsiyaga qarşi kuraşişga oid qonunçilik va içki lokal hujjatlar bilan batafsil taniştirilib, sohaga doir qonunçilik hujjatlarining qöllaniş tartibi bilan mufassal taniştirildi.
Seminar davomida masʼullar tomonidan “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni kuçga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda işlaşi bilan boğliq masalalarni örganiş va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça xodimlarga zarur uslubiy tavsiyalar taqdim etildi.
Xususan, yakka tartibdagi profilaktik çora-tadbirlar sifatida hamda xodimlarda “halollik vaktsinasi” immunitetini şakllantiriş uçun har bir xodimni huquqbuzarliklarning sodir etilişi sabablari va ularga imkon berayotgan şart-şaroitlar töğrisida xabardor qilib boriş bilan birga xodimlarga ğayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirganlik uçun javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantiriş lozimligi yuzasidan tuşuntirişlar va muhim tavsiyalar ham berildi.
Seminar iştirokçilari korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça taqdim etilgan tavsiyalar, qonunçilik hujjatlarini amaliyotda qöllaş böyiça savollar bilan murojaat qildilar va barça savollarga masʼullar batafsil javoblar berdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶