TIBBIYoT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN FIDOYI ŞIFOKORLAR RAĞBATLANTIRILDI
Mamlakatimizda soğlikni saqlaş sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli mustaqillik yillarida tizimda misli körilmagan özgarişlar amalga oşirildi. Aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifati va samaradorligi yangi bosqiçga kötarilib, barça tuman va şaharlardagi tibbiyot muassasalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Sohaga xususiy sektor jalb qilinib, soğlom raqobat muhiti yaratildi. Şifokorlarning kasbiy faoliyatlarini tösiqlarsiz, samarali ado etişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilib, ularga alohida hurmat va ehtirom körsatilmoqda. Soha rivojiga özlarining halol va fidoyi mehnatlari bilan munosib hissasini qöşib kelayotgan şifokorlarni moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş çoralari körilayotgani aholiga yanada namunali tibbiy xizmat körsatiş imkonini bermoqda.
Maʼlumki, 2006-yil 12-sentyabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi “Tibbiyot xodimlari kunini belgilaş töğrisida”gi Qonuniga muvofiq har yili anʼanaviy tarzda noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi mamlakatimizda tibbiyot xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nişonlanadi. Çunki şifokorlik kasbi özining maşaqqati, masʼuliyati, inson hayoti va taqdirida tutgan muhim ahamiyati bilan xalqimiz uçun ham qadrlidir.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi Amudaryo tumanida ham har yili tibbiyot xodimlari kuniga bağişlangan bayram tadbirlari ötkazilib, soha fidoyilari moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriladi.
8-noyabr kuni tuman Tibbiyot birlaşmasi qoşidagi Markaziy poliklinikaning majlislar zalida amudaryolik faxriy şifokorlar, tuman tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan soğlikni saqlaş tizimi fidoyilari iştirokida şifokorlarning kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir taşkil etildi. Tadbirda el-yurt hurmatiga sazovor bölgan, halol va fidoyi tibbiyot xodimlariga hurmat-ehtirom körsatildi.
Tadbirni Tibbiyot birlaşmasi boşliği Faxriddin Abdullayev oçdi va olib bordi. U öz sözida tuman aholisining salomatligini saqlaş, malakali va sifatli tibbiy xizmat körsatiş, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlod salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza etiş borasida öz bilim va tajribasini, hatto butun hayotini soha rivojiga baxşida etib, fidoyilik namunalarini körsatayotgan şifokorlar nomini alohida hurmat bilan tilga olib, bir guruh şifokorlarga Tibbiyot birlaşmasi maʼmuriyati va kasaba uyuşmasi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovğalar topşirdi.
Darvoqe, muhtaram Prezidentimiz tibbiyot sohasi vakillari bilan uçraşuvlaridan birida şunday degan edilar: “Biz barça sohalardan ham tibbiyot sohasiga alohida eʼtibor qaratdik. Çunki boş maqsadimiz – xalq salomatligini saqlaş va yanada mustahkamlaş. Şuni unutmanglarki, xalq tibbiyot sohasiga qançalik işonsa, davlatga ham şunçalik işonadi. Xalq körsatilayotgan tibbiy xizmatdan rozi bölsa, davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi böladi”.
Tadbirda sözga çiqqan tibbiyot sohasi faxriylari va yoş, malakali şifokorlar Prezidentimizning uşbu sözlari öz faoliyatlarida dasturulamal vazifasini ötaşini alohida qayd etişib, nafaqat aholiga namunali tibbiy xizmat körsatiş, balki ularning körsatilayotgan tibbiy xizmatdan rozi bölişlariga erişiş soha xodimlarining burçi ekanligini taʼkidladilar.
Bayram tadbiri davomida tumanimizda ötkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol iştirok etib kelayotgan tibbiy hamşira va kiçik tibbiy xodimlarga tuman madaniyat bölimi tomonidan taşakkurnomalar taqdim qilindi. Şundan söng, tuman madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Fidoyi şifokorlarni şaraflovçi kuy-qöşiqlar va jozibador raqslar barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
Ayni kunlarda Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi Markaziy kasalxona bölimlarida, hududlardagi oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlari, xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari kuni arafasidagi bayramona tadbirlar davom etmoqda.
Biz ham xalq salomatligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan soha xodimlarini anʼanaviy kasb bayramlari bilan çin dildan, samimiy muborakbod etamiz hamda şarafli va maşaqqatli, ezgu işlarida kuç-ğayrat, muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶