20.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
20.11.2026, 18:58
Jamiyat 👁 5,086

URUŞ, NOMING ÖÇSIN JAHONDA!

URUŞ, NOMING ÖÇSIN JAHONDA!

Uruş... Bu sözni şunçaki aytiş yo tinglaş mumkin emas. Çunki, bu söz zamirida xonavayron bölgan şahar, qişloqlar, izdan çiqqan hayot, neça minglab yigit yoşida şahid ketgan jonlar, ayriliq, jabr-u sitamlar bor, yo otasi, yo tuğişganidan ayrilib, bir umr köngli kemtik bölib yaşayotgan umrlar bor.

Şuning uçun ham ikkinçi jahon uruşida erişilgan ğalabaga ulkan hissa qöşgan, nainki öz yerimiz, neça-neça davlatlarni ham faşizm balosidan qutqarib, tinç-osuda hayot örnatişga köksini qalqon qilgan insonlarga yuksak hurmat-ehtirom körsatamiz, avaylaymiz, bugungi dorilomon kunlar zavqini surib yaşaşi uçun ğamxörlik qilamiz.

Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan buyuk ğalabaning 70 yilligi nişonlanadigan kunni köriş baxtiga tumanimizning 16 nafar uruş faxriysi muyassar bölmoqdalar.

Ayni kunda ularni qutluğ ayyom bilan muborakbod etiş, xotiralarini tinglaş uçun tumanimizdagi korxona, taşkilotlar xodimlari, umumtaʼlim, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öqituvçilari, öquvçilari ana şu tabarruk insonlar bilan uçraşuvlar taşkil etişmoqda, uylariga taşrif buyurişmoqda, bayram sovğalari ulaşmoqda.

Yaqinda ana şunday uçraşuvlardan biri Amudaryo akademik litseyida bölib ötdi.

Uçraşuvda 3 nafar uruş faxriylari – "Boğ” mahallasida istiqomat qiluvçi Yöldoş Ortiqov, Navoiy nomli mahalladan Sobir Nurullayev, Yöldoş Tojimurodovlar va xalq taʼlimi faxriysi Turdiboy Bozorboyevlar iştirok etdilar.

Şuni aytiş kerakki, mazkur muassasa ustoz-murabbiylari va öquvçilari har yili 9-may - Xotira va Qadrlaş kuni bayrami arafasida tumanimizdagi barça uruş faxriylari holidan xabar olib, sovğa-salomlar berib, ularning duolarini olib kelmoqdalar. Bu yil ham har yilgi anʼana davom ettirildi. Öquvçilar ustozlari bilan uruş faxriylarining barçasining xonadonida bölib, bayram bilan qutladilar, uruş maşaqqatlari, uruşdan sönggi oğir tiklaniş yillaridagi xotiralarini tingladilar, bugungiday dorilomon kunlar zavqini surib, uzoq yaşaşini tiladilar.

Özlariga yuksak ehtirom körsatib kelayotgan öqituvçilar, öquvçilar bilan uçraşiş uruş faxriylari uçun ham quvonarli voqea böldi. Litsey oldida saf tortib, qarşi olgan öquvçilardan minnatdor bölib, köngillari şodlikka tölib, muassasa zaliga kirdilar.

Yiğilganlarni litsey direktori Otabek Yöldoşev 9-may - Xotira va Qadrlaş kuni bilan qizğin qutladi.

- Men uruşga jönaganimda, 1942-yil iyulda 20 yaşar yigit edim, - deya sözini boşladi Yöldoş Tojimurodov. – Sobiq Kuybişev nomli kolxoz hisobidan armiyaga çaqirilganman. Çaqiruv qoğozi olganimizning ertasigayoq Manğitdan Urgançga qarab, yuklarimiz aravada, özimiz piyoda yigirma çoğli yigitlar yölga tuşdik. Keyin paroxodda, poyezdda Toşkentga yetdik. Qisqa muddatli tayyorgarlikdan söng, ikkinçi Ukraina frontining desantçilar qismida uruşga kirdim. 1943-yilning oxirigaça boşimizdan ötganlarini aytsam, xuddi ertakdek. Eşitgan quloq işonmas darajadagi maşaqqatlarga çidab, jang qilardik. Ruminiya, Vengriyani nemislardan tozalaşda qatnaşdim. Çap qölimdan öq yeb, gospitalda yotib davolandim va yurtimga qaytdim. Ovulimga kelib körsam, bularning holi ham frontdagidan kam emas ekan. Xalq oç, undirgan hosilini hatto uruğligigaça askarlarga jönatgan, qahatçilik edi.

Dunyoda bizning xalqimizday sabr-toqatli, qanoatli xalq bormikan, - deb öylab qolaman baʼzan. Biz bir-birimizga mehr-oqibatimiz, hamjihatligimiz tufayli ana şunday maşaqqatlarni ham yengdik. Yaratganga beadad şukr, mana bugungiday kunlarga yetib keldik. Ilohim, endi avlodlarimiz uruş körmagay. Yer yuzida tinçlik-osoyiştalik bölgay!

-Bizga körsatilayotgan hurmat-ehtiromdan könglimiz toğday yuksaladi, - deydi Yöldoş Ortiqov minnatdorçilik bilan. – Buning uçun davlatimizga, tumanimiz rahbariyatiga ming-ming rahmat.

- Mening Sizlarga tilagim, aziz yoşlar, oğir maşaqqatlar evaziga yurtimizda örnatilgan tinçlikni, mustaqillikni asrab-avaylang, qadrlang, - deydi Sobir Nurullayev.

Çindan-da tinçlik - uluğ neʼmat. Bugun amalga oşirilayotgan barça sohalardagi ulkan bunyodkorliklar, yuksalişlarning tub asosi ham yurtimizdagi osuda va tinç hayotdir.

"Nuroniy” jamğarmasi tuman bölinmasi raisi B.Ollamberganovning maʼruzasini ham barça diqqat-eʼtibor bilan tingladi.

Faxriylar tilaklariga hamohang tarzda sahnaga çiqqan öquvçilar tinçlikni, osoyiştalikni uluğlovçi, mustaqilligimizni madh etuvçi şeʼrlar, qöşiqlar ijro qildilar. Xalq taʼlimi faxriysi Turdiboy Bozorboyevning ona Vatanimizga, Navröz bayramiga atalgan şeʼrlarini miriqib tingladilar. Har satrida şukrona balqib turgan, tinçlikni asraşga çorlaguvçi qöşiq, harir libosda, özbekona odob-ikrom bilan mayin harakatlar ila ijro etilgan raqs hammani öziga sehrladi.

Bu dolğali dunyoning turli burçaklarida tinçlikka raxna solişga, uruş olovini yoqişga, hali oqqorani tanib ulgurmagan ösmirlarni haq yölidan ozdirişga urinayotgan manfur kimsalar bor ekan, beparvo, loqayd yaşaşga haqqimiz yöq. Şu Vatan, şu aziz tuproqni köz qoraçiğiday asraşga har birimiz burçlimiz. Bu yölda yuksak matonat egalari bölgan faxriylarimiz ögit-nasihatlari bizga dasturilamaldir.

Oygul RAJABOVA.
🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026