Qişloq xöjaligi masalalariga bağişlangan seminar bölib ötdi
Mamlakatimizda barça sohalar singari qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan tub islohotlar asosida sohada katta özgarişlar, yangilanişlar röy bermoqda. Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yölidagi qaror va farmonlari asosida agrar sohaga bir qança yangi texnika va texnologiyalar joriy qilinişi natijasida soha yangi rivojlaniş bosqiçiga kötarilmoqda. 29-oktyabr kuni Amudaryo tumanida taşkil etilgan seminarda qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan ana şu islohotlarning mazmun-mohiyati yana bir bora eʼtirof etildi.
Qişloq xöjaligida amalga oşirilişi lozim bölgan işlar, oldinda turgan ustuvor vazifalarni muvofiqlaştiriş, özaro tajriba almaşiş maqsadi közlangan mazkur seminar Tölqin ovulidagi “Xidirboyev Sanʼat” fermer xöjaligi ekin maydonida taşkil etildi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Daryabay Kaypov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining qişloq va suv masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev, Jöqorği Kengesning qişloq xöjaligi masalalari böyiça qömitasi boşliği Anvar Jumanazarov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov hamda qişloq xöjaligi böyiça respublika va tuman miqyosidagi masʼullar, fermerlar va korxona-taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Seminar kun tartibidan 2025-yil hosili uçun qişloq xöjaligi mahsulotlari ekiladigan ekin maydonlarini şudgor qiliş, lazerli tekislaş, şör yuviş, ğalla parvarişi, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlarni yanada jadallaştiriş kabi masalalar örin oldi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev sözga çiqib, agrar soha rivojiga bugun eng ustuvor masalalardan biri sifatida katta eʼtibor qaratilayotgani, sohada yangi imkoniyatlar yaratilayotgani hamda uşbu imkoniyat va şart-şaroitlardan soha vakillari samarali foydalanişi lozimligi xususida söz yuritdi.
Şuningdek, seminarda tuman agrar sohasi masʼullari kun tartibidagi masalalar yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar hamda oldindagi vazifalar xususida maʼlumot berdilar.
Maʼlumotlarda keltirilişiça, tumanda 2025-yilgi mavsum oldidan joriy yilning kuzida 17 ming gektar maydonni şudgorlaş rejalaştirilib, unda jami 71 ta surim texnikalari qatnaşişi rejalaştirilgan hamda mavjud texnikalar 18 ta surim otryadlariga biriktirilgan. Kuzgi şudgorlaş işlarini belgilangan muddatlarda yakunlaş maqsadida şudgorlaş grafiklari işlab çiqilmoqda.
Şuningdek, bugungi kunda tumandagi fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalarida 57ta lazerli tekislagiçlar mavjud bölib, uşbu lazerli tekislagiçlar yordamida 2024-yilda 1073 konturlarda 8 ming 70 gektar maydonlar tekislangan. Lazerli tekislangan maydonlarning 1 ming 791,4 gektariga buğdoy, 5 ming 138,3 gektar qismiga paxta, 1140,3 gektar qismiga esa boşqa qişloq xöjalik mahsulotlari ekilib, möl hosil olingan.
Tumanda 2025-yil hosili uçun asosiy 4800 gektar, qöşimça 970 gektar, jami 5770 gektar maydonga ğalla ekiş rejalaştirilib, amalda reja töliq bajarilgan. Har bir gektar maydonga 5 tonnadan jami 28 ming 850 tonna mahalliy öğit jamğariş rejalaştirilgan bölib, bugungi kungaça 832 tonna, yaʼni salkam 3 foiz maydonlarda mahalliy öğit jamğariş işlari amalga oşirilgan.
Qolaversa, tumanda 2025-yil hosili uçun 19 ming 201,4 gektar ekin maydonlarining şörini yuviş rejalaştirilgan bölib, şundan 782 gektari kuçli şörlangan, 4 ming 840,2 gektari örtaça şörlangan va 13 ming 579,2 gektari kam şörlangan maydonlardir. Şör yuviş tadbirlarini amalga oşiriş uçun 18 ta suğoriş otryadlari taşkil qilinib, uşbu otryadlarga 1 ming 501 nafar malakali xodimlar biriktirilgan. Ularning 220 nafari suv xöjaligi taşkilotlari, 1 ming 281 nafari esa fermer xöjaliklari işçilaridir.
Seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullarga tegişli tavsiyalar hamda körsatmalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶