17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:25
Jamiyat 👁 382

“Yosh saylovchi” yoshlar forumi boʻlib oʻtdi

“Yosh saylovchi” yoshlar forumi boʻlib oʻtdi

Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim boʻlgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega. Shuni eʼtiborga olgan holda joriy yil 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlarda yoshlarning munosib ishtirok etishlarini taʼminlash, saylovda har bir ovozning mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatini keng targʻib qilish maqsadida hududlarda “Yosh saylovchi” targʻibot loyihasi doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida ham loyiha doirasida targʻibot tadbirlari tashkil etilib, ularga koʻplab yoshlar qamrab olindi.

Targʻibot loyihasi doirasida “Yosh saylovchining huquqlari” hamda “Yoshlar va saylov” uchrashuvi, ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularda saylov jarayoni, uning ahamiyati, saylovchi huquqlari yuzasidan tushunchalar berildi. Tumandagi 82-sonli maktabning faollar zalida boʻlib oʻtgan yoshlar ishtirokidagi uchrashuv oʻquv-seminar tarzda tashkil etildi. Unda tuman Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi Bekzod Oʻrinboyev soʻzga chiqib, yoshlarni yurtimiz kelajagiga, Vatan ravnaqiga befarq boʻlmaslikka, saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shuningdek, saylov muhim siyosiy jarayon ekanligi, unda ishtirok etish har bir fuqaroning siyosiy huquqi hamda imkoniyati ekanligi, har bir ovoz yurtimizdagi islohotlarga taʼsir qilishi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Tadbirda saylovga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning bu boradagi bilimlari yanada mustahkamlandi. 

“Yosh saylovchi” targʻibot loyihasi asosida tuman Xotira maydonida yoshlar forumi tashkil etildi. Forum doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yoʻnaltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorinalar oʻtkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng targʻib qilindi.

Qolaversa, yigit-qizlar uchun foydali boʻlgan "Yosh saylovchi" viktorinasi, "Zakovat" intellektual oʻyiniga oʻxshash "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "Qizlar akademiyasi", "Bilasizmi?" loyihalari doirasidagi oʻyinlar hamda "Besh tashabbus" musobaqalarida yoshlarning zukkoligi, topqirligi va epchilligi sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni zamonaviy kasblarga va xorijiy tillarga bepul oʻrgatuvchi loyihalar – “Ustoz AI”, “Uz Chess” kabi pavilonlar tashkil etildi. Bu loyihalar yoshlar oʻrtasida katta qiziqish uygʻotib, ularga professional va shaxsiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar taqdim etdi. Ayniqsa, birinchi marta saylovda qatnashayotgan yosh saylovchilarning eʼtiborini jalb qilish maqsadida loyiha taqdimotlari interaktiv tarzda oʻtkazildi. 

Bundan tashqari, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi ham ularda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida yoshlarning nafaqat siyosiy, balki umumiy bilimlarini ham boyitishga qaratilgan intellektual bellashuvlar tashkil qilindi. Ayniqsa, “Siz bilasizmi?” deb nomlangan viktorinalar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Viktorinalar gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Yoshlar oʻzlarining fikr va mulohazalarini bildirar ekan, saylov jarayonlari toʻgʻrisidagi koʻplab savollarga huquqiy jihatdan batafsil javob olishdi. Viktorina va intellektual oʻyinlar nafaqat yoshlarning, katta yoshli kishilarning ham huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beradi.

“Yosh saylovchi” yoshlar forumi tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan gala kontsertga ulanib, yuqori kayfiyatda davom etdi. Gala kontsertda tumanimizning isteʼdodli xonandalari, estrada ijodkorlari oʻzlarining shoʻx-shodon kuy-qoʻshiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Xonandalar Vatanni madh etuvchi, yoshlik, goʻzallik, doʻstlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etdilar. 

Oʻtkazilgan forum nafaqat yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga, balki ularda milliy gʻurur va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbir sifatida ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026