Yöllarda harakatlaniş xavfsizligini taʼminlaş maqsadida reyd tadbirlari ötkazilmoqda
Yöl harakati qoidalariga rioya qiliş, şubhasiz, har bir haydovçi va piyodaning asosiy majburiyatidir. Bu qoidalar harakat xavfsizligini taʼminlaş, har bir fuqaroning hayoti va soğliğini himoya qiliş va transport oqimini muvofiqlaştiriş uçun möljallangan bölib, ularga amal qiliş orqali avvalo yöl-transport hodisalarining oldi olinadi. Statistik maʼlumotlarga köra, qoidalarga rioya qilinganda yöllarda sodir böladigan avariyalar soni sezilarli darajada kamayadi. Bu esa, öz navbatida, insonlarning hayoti va soğliğini saqlaşga yordam beradi.
Yöl harakati qoidalariga amal qiliş transport vositalari töqnaşuvining oldini oladi, bu esa transport vositalariga yetkaziladigan zararni kamaytiradi va haydovçilarga moliyaviy yöqotişlardan saqlaniş imkonini beradi. Şuningdek, yöl harakati qoidalari jamiyatda tartib va intizomni mustahkamlaydi. Har bir haydovçi va piyoda qoidalarga rioya qilganda, bir-birlariga hurmati va masʼuliyati oşadi. Qolaversa, yöl harakati qoidalariga amal qiliş tirbandliklarning oldini oladi. Bu esa, vaqtni tejaş va iqtisodiy samaradorlikni oşirişga yordam beradi hamda transport vositalaridan töğri va samarali foydalaniş orqali atmosferaga çiqariladigan zararli moddalar miqdori kamayadi.
Şunday ekan, har birimiz yöllarda xavfsizlikni taʼminlaş uçun öz hissamizni qöşişimiz kerak.
Amudaryo tumani Içki işlar bölimining Yöl harakati xavfsizligi bölinmasi xodimlari yöl harakati iştirokçilari tomonidan qoidalarga amal qilinişini örganiş maqsadida doimiy ravişda reyd tadbirlarini ötkazib keladi. Bu tadbirlarning asosiy maqsadi — yöl harakati qoidalarini buziş holatlarini aniqlaş va oldini oliş, şuningdek, haydovçilar va piyodalarning yöllardagi madaniyatini oşirişdir. Reydlar davomida xodimlar nafaqat qoidabuzarliklarni aniqlaydilar, balki yöl harakati qoidalarini tuşuntiriş işlarini ham amalga oşiradilar. Bu esa, yöllarda xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning bir qismi hisoblanadi.
Bundan taşqari, reyd tadbirlari davomida yöl infratuzilmasi holati ham tekşirib boriladi. Bu esa yöllarning xavfsizlik talablariga javob berişini taʼminlaşga yordam beradi. Masalan, yöl belgilari, çiziqlar va yöl harakatini taşkil etiş vositalarining holati körib çiqiladi va zarurat bölganda, ularni yangilaş yoki taʼmirlaş işlari amalga oşiriladi.
Navbatdagi reyd tadbirlari yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga imkon berayotgan omillarni aniqlaş va ularni bartaraf etişga qaratildi. Bu orqali yöl harakati iştirokçilarini yöl-transport hodisalaridan himoya qiliş, huquqbuzarliklarni aniqlaş va bartaraf qiliş közda tutilgan.
Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ötkaziladigan reyd tadbirlari davomida şuningdek, harakat iştirokçilari tomonidan elektroskuter va şu kabi öziyurar vositalardan foydalaniş qoidalariga rioya qilinişi alohida nazoratga olindi. Elektroskuterlar – bu zamonaviy yöl transportining ajralmas qismi bölib, ular qulayligi va ekologik tozaligi tufayli köplab foydalanuvçilarning eʼtiborini tortmoqda. Biroq, elektroskuterlarning ommalaşuvi bilan birga, ularni boşqariş va yöl harakatida iştirok etiş bilan boğliq ayrim huquqbuzarliklar ham sodir etilmoqda.
Özbekistonda elektroskuterlar uçun yöl harakati qoidalari mavjud bölib, ular yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida işlab çiqilgan. Mazkur qoidalar, jumladan, elektroskuterlarning tezligi, ularni boşqarişga ruxsat berilgan şaxslar, şuningdek, ularning yöl belgilari va svetoforlarga bölgan munosabatini tartibga soladi.
Elektroskuterlarni boşqarişda faqat belgilangan tezlik çegaralari doirasida harakatlaniş, yöl belgilari va svetoforlarning işoralariga amal qiliş, tegişli xavfsizlik çoralarini köriş, jumladan, himoya dubulğasi kiyiş va tungi vaqtda yoritiş moslamalaridan foydalaniş kabi talablar mavjud.
Reyd tadbirlari davomida şu va boşqa qoidalarga amal qilmagan, şuningdek, tormoz tizimi, rul boşqaruvi, tovuşli işorasi, şuningdek sutkaning qoronği vaqtida yoki köriniş çeklangan vaziyatlarda nosoz fara çiroqlari yoki fonarlar hamda orqa fara çiroqlari işlamaydigan elektroskuterlarni boşqarayotgan fuqarolar töxtatilib, tegişli çoralar körildi.
Transport vositalarini boşqarişda masʼuliyatli böliş va qoidalarga amal qiliş muhim ahamiyatga ega. Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ötkazilayotgan reyd tadbirlari esa tegişli qoidalarga rioya qilinişini nazoratga oliş va qoidabuzarliklarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Anvar Yusupov, Amudaryo tumani IIB yöl-patrul xizmati bölinmasi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶