Amudaryo tumanida jismoniy va yuridik şaxslarning qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlariga 2024-yil uçun yer soliği stavkalarini belgilaş töğrisida
XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMAN KENGAŞINING QARORI
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining “Qoraqalpoğiston Respublikasida yuridik va jismoniy şaxslarning qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlariga 2024-yil uçun yer soliği stavkalarini belgilaş töğrisida”gi qaroriga va Özbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib xalq deputatlari tuman Kengaşi qaror qiladi:
1. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qarori ijro uçun rahbarlikka olinsin va tuman Davlat soliq inspeksiyasi boşliğining hisoboti maʼlumot uçun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari tuman Kengaşi belgilangan yer soliği stavkalariga, tuman hududida joylaşgan ovul va mahallalar kesimida 0,7 dan 3,0 gaça kamaytiruvçi va oşiruvçi koeffitsentlarni kiritiş huquqiga ega ekanligi;
Bunda, belgilangan yer soliği stavkasiga soliq yukini keskin oşirişning oldini oliş maqsadida jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliğiga belgilangan (yakka tartibdagi tadbirkorlardan taşqari) stavkasiga 2023-yil uçun hisoblangan soliq summasining 1,3 hissasidan oşmagan holda koeffitsentlarni qöllaş mumkin ekanligi belgilab qöyilsin.
3. Qişloq xöjaligi uçun möljallanmagan yerlar uçun yuridik şaxslar böyiça mutlaq miqdorda 1 gektar uçun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvçi va oşiruvçi koeffitsentlar 1-ilovaga muvofiq, jismoniy şaxslar böyiça (dehqon xöjaligini yuritiş uçun berilgan qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan taşqari) mutlaq miqdorda 1 kv. metr uçun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvçi va oşiruvçi koeffitsentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining birinçi örinbosari (K.Aytbayev), tuman davlat Soliq inspeksiyasi (J.Raximov) tumandagi yuridik va jismoniy şaxslarning egallagan yer maydonlariga soliq stavkalarining töğri qöllanilişi böyiça doimiy nazorat örnatsin.
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (J.Raximov)ga xalq deputatlari tuman Kengaşi tomonidan belgilangan soliq stavkalari böyiça yer soliği tölovçilarni öz vaqtida xabardor qiliş va undirilişini taʼminlaş topşirilsin.
6. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari tuman Kengaşining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
7. Uşbu qaror tuman “Taraqqiyot közgusi” gazetasida eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylaştirilsin.
8. Uşbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Kengaş raisi örinbosari Ğ.Eşniyozov
№ VI-69-12-13-181-K/24. 2024-yil 24-yanvar







▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶