17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:32
Jamiyat 👁 263

Amudaryo tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Amudaryo tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Joriy yilning 24-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Matbuot anjumanida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muhammetali Xoʻjamuratov, “Mahalla yettiligi” aʼzolri, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib berdi. Tuman hokimi oʻz soʻzida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlarining “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ish olib borishi lozimligi, shuningdek, aholi orasida tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasiga eʼtibor berish, shukronalik va hamjihatlikda yashash borasidagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, jinoyatchilik sonini kamaytirishning eng muhim omili aholi bandligini taʼminlash ekanligini taʼkidlab, insonlarning oilasiga daromad olib kelishiga yordam berish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligini qayd etib oʻtdi. Qolaversa, mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida jamoat nazoratni saqlash borasida oldinda turgan vazifalar xususida toʻxtaldi.

Matbuot anjumanida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi joriy yilning shu davriga qadar huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Muhammetali Xoʻjamuratov oʻz hisobotida joriy yilning 7 oyi davomida tuman hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgani, xususan, “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 108ta jinoyatlar muhokama qilingani, 38 ming 76ta xonadon oʻrganilib, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1 ming 419 nafar shaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgani, mahalla faollari tomonidan 1 ming 207 nafar ijtimoiy profilaktika obʼekti boʻlgan shaxslarning muammolarini ijobiy hal etish choralari koʻrilgani xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, 981 nafar shaxslar profilaktik hisobga olinib, ular bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borilgan, ovul va mahallalardagi 5 ming 228 nafar shaxslarga huquqbuzarlik sodir qilganligi uchun maʼmuriy choralar koʻrilgan. Ichkilikka ruju qoʻygan 76 nafar shaxs va 108 nafar ruhiy kasallar majburiy davolashga yotqizilib, bosim va zoʻravonlikka uchragan 183 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan.

Hisobotda keltirilishicha, amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasida tumandagi 29ta ovul va mahallalarda jinoyat yuz berishiga yoʻl qoʻyilmagan. Jinoyat va huquqbuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida tumandagi ovul va mahallalar toifalarga ajratilib, tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Jumladan, 4 mahalla “qizil”, 16 ta mahalla “sariq” toifaga kiritilib, ular bilan alohida ishlash borasidagi tadbirlar kuchaytirilmoqda.

Joriy yilning 7 oyi mobaynida tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan olib borilgan samarali ishlar natijasida tuman hududida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sezilarli darajada kamayishiga erishilgan. Xususan,  firibgarlik 30 foizga, nomusga tegish 75 foizga,  badanga oʻrta ogʻir tan jarohati yetkazish 22,2 foizga, badanga yengil tan jarohati yetkazish jinoyati esa 20 foizga kamaygan.

Tadbir mobaynida kun tartibidagi masala yuzasidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan tegishli javoblar qaytarildi. Mavjud muammo va kamchiliklar tanqid va tahlil etildi hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar boʻyicha fikr almashildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026