Xonadonlarning kuz-qiş mavsumiga tayyorligi közdan keçirilmoqda
Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari rejali asosda amalga oşirilmoqda. Tuman prokurori Aziz Rözmetov boşçiligida tuzilgan işçi guruh Yangiobod, Döstlik, Farovon, Arna böyi mahallarida istiqomat qiluvçi kam taʼminlangan oilalarning xonadonlarida bölib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari bilan yaqindan tanişdilar.
Masʼullar tomonidan taʼkidlanganidek, favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalarning oldini oliş, bolalar xavfsizligini taʼminlaşda xonadonlarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarining töğri taşkil etilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda işçi guruh aʼzolari aholiga yonğin xavfsizligi, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy amal qiliş böyiça zarur tavsiyalarni berişdi.
Qayd etilganidek, kuz-qiş mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketişi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitiş maqsadida turli xildagi isitiş va tabiiy gaz uskunalaridan foydalanişga bölgan ehtiyoj kundan-kunga oşib boradi. Bu esa öz navbatida yonğin va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilişi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralaşmasining çaqnaşiga, fuqarolarning is gazidan zaharlaniş ehtimoli oşişiga olib kelişi mumkin. Şuningdek, özboşimçalik bilan nosoz holatdagi isitiş qozonlari, tabiiy gaz yetkazib beruvçi moslamalardan foydalaniş va dudburonlarining vaqtida tozalanmasligi oqibatida baxtsiz hodisalar sodir bölayapti.
Örganişlar vaqtida yaroqsiz holdagi tabiiy gaz moslamalari aniqlanib, ular zamonaviy va tejamkor uskunalarga almaştirildi. Isitiş qozonlarining mörilarida tozalaş işlari taşkil etildi. Şuningdek, kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça aholi orasida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi. Bunday tadbirlarni taşkil etiş böyiça Amudaryo tumanida 3 ta işçi guruh tuzilgan bölib, joylarda amaliy işlar davom etmoqda.
Bundan taşqari, tadbir davomida kam taʼminlangan oilalarda tarbiyalanayotgan 4 nafar maktab öquvçilariga maktab formasi va badiiy kitoblar sovğa qilindi.
Çindan ham, bugungi kunda tabiiy gaz va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan samarali foydalaniş dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mavjud qoidalarga amal qiliş orqali nafaqat qayta tiklanmas energiya zaxiralari tejaladi, balki favqulodda vaziyatlarning ham oldi olinadi.
Odatda tabiiy gaz bosimi qança baland bölsa, undan boriça foydalanişga harakat qilamiz. Aslida, gaz plitasining olovi qozon, tova, çoynak tagidan taşqariga çiqmasligi kerak. Bunday holda siz tabiiy gazni meʼyordan 50 foiz yoki undan köproq sarflaysiz.
Xonadonlarda yonğin holatlarining oldini olişda tabiiy gaz uskunalari va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin va xavfsizlik talablariga amal qiliş lozim. Qölbola va nosoz isitiş tizimi moslamalaridan foydalanmang. Bu vositalar yonğin sodir bölişida asosiy sabablardan hisoblanadi. Isitiş qozonlaridan foydalanişdan oldin mörilarining sozligiga, ularning turli buyum va tösiqlar bilan berkitilmaganligiga hamda masʼul taşkilotlar tomonidan öz vaqtida tozalanişiga alohida eʼtibor bering. Isitiş tizimlariga uskunalarni ulaş tartib-qoidalariga amal qiling va ularga rezina şlanglar orqali ulanişga yöl qöymang. Agarda xonada gaz hidini sezsangiz, çiroq va uçqun çiqaruvçi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani şamollating hamda tabiiy gaz xizmati idorasiga zudlik bilan xabar bering.
Yonğin xavfsizligi qoidalariga amal qiliş orqali özingiz, yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni köngilsiz hodisalardan saqlagan bölasiz.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶