17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:32
Jamiyat 👁 292

Ovul va mahallalarda “Turmush” profilaktik targʻibot-tushuntirish tadbirlari oʻtkazilmoqda

Ovul va mahallalarda “Turmush” profilaktik targʻibot-tushuntirish tadbirlari oʻtkazilmoqda

Maʼlumki, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida joriy yilning 5-may kuni oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjatda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jamiyatda sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, aholi orasida milliy qadriyatlar, xalqimizga xos urf-odat va anʼanalarni keng targʻib qilish maqsadida tegishli soha vakillari tomonidan Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda “Turmush” profilaktik tadbirlari tashkil qilinyapti.

Ovul va mahallalar “yettiligi” hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga qoʻllaniladigan ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash, bunday toifadagi fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni tashkil etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatlarning barvaqt oldini olishga erishilmoqda.

Amudaryo tumanidagi Doʻstlik mahallasi hamda Oʻrta qalʼa ovulida tashkil qilingan profilaktik tadbirlar ham oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila – muqaddas qoʻrgʻon. Uning tinchligi, ravnaqi va barqarorligi, jamiyatdagi sogʻlom muhit asosi va yurt farovonligi hisoblanadi. Biroq baʼzi holatlarda oilaviy nizolar sabab hayotimizda koʻplab koʻngilsiz voqealar sodir boʻlyapti. Shuning uchun nuroniylarning: “bir kun janjal boʻlgan uydan qirq kun baraka ketadi”, deb nasihat qilishlari bejizga emas.

Belgilangan vazifalarga koʻra, oilaviy munosabatlar doirasida tez-tez nizolar kuzatiladigan notinch oilalar roʻyxati shakllantirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib borilyapti va mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, oilaviy munosabatlar doirasida jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarning xonadonida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash yuzasidan chora tadbirlar yanada kuchaytirildi.

Xususan, oilaviy-maishiy zoʻrovonliklar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan 27 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan jarima jazolari qoʻllanilgan. Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 170dan ortiq xotin-qizlarga himoya orderi berilib, tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Bu toifadagi fuqarolarga Xotin-qizlarni kasbga tayyorlash monomarkazlarida oʻqishlari uchun amaliy yordam berib kelinmoqda. Tazyiq va zoʻravonliklar oqibatida sogʻligi yomonlashgan xotin-qizlarning tuman Tibbiyot birlashmasida salomatliklarini tiklashlari uchun yordam koʻrsatilmoqda. Shuningdek, bu kabi 2ta oilaning farzandlariga oromgohlarda dam olishlari uchun yoʻllanma berilgan.

Taʼkidlash joizki, yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida eʼzozlanadi. Yosh avlodning jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk inson boʻlib ulgʻayishlarida oila va jamiyatdagi sogʻlom muhitni taʼminlash har birimizning inson sifatidagi yuksak burchimizdir.

I. Oʻrozmatova, Amudaryo tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masalasi boʻyicha katta inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026