17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:34
Jamiyat 👁 433

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kunlik doirasida aholi xonadonlari oʻrganilmoqda

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kunlik doirasida aholi xonadonlari oʻrganilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining 2024-yil 24-iyun kungi va Amudaryo tumani hokimi, fuqaro muhofazasi boshligʻining 2024-yil 28-iyun kungi farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kun” tadbirini oʻtkazish belgilangan.

Ushbu hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va tegishli soha vakillari oʻzaro hamkorlikda Respublikamiz hududida fuqarolarning ehtiyotsizliklari tufayli soʻnggi vaqtlarda kuzatilayotgan yongʻinlar va ularning salbiy oqibatlarini hisobga olib, yongʻin xavfi yuqori boʻlgan obʼektlarda, ayniqsa, oromgohlar, oʻrmonlar, uy-joylar hamda taʼlim obʼektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti, mol-mulkining daxlsizligini saqlash maqsadida barcha hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga kirib, favqulodda hodisalar yuz berganda yoki bemavrid yongʻin hodisasi sodir boʻlganda qanday harakat qilish zarurligi, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Xususan, aholi xonadonlaridagi isitish tizimlarining holati koʻzdan kechirilib, uy xonalarida havo almashinishi, isitish qozonlarining qay darajada sozligi oʻrganilmoqda hamda agar isitish qozonlari uylar ichkarisida joylashgan boʻlsa, kuz-qish mavsumidan oldin, xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni uy tashqarisidagi qulay joyga oʻrnatish yuzasidan zarur tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Amudaryo tumani Irrigatsiya boʻlimida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda ham turli koʻrinishdagi favqulodda vaziyatlar – zilzila, suv toshqini, kuchli shamollar va yongʻin bilan bogʻliq hodisalar sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish boʻyicha oʻquv amaliy-taktik mashqi oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotlarida favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda, eng avvalo, yosh bolalarni va keksa kishilarni qutqarish choralarini koʻrish, maboda, ular zararlangan taqdirda birinchi yordam koʻrsatish, yongʻinni bartaraf etish, asosan yongʻin kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar amalda koʻrsatib berildi. Shu bilan birga, aholi xonadonlarida, muassasa va tashkilotlarda, bolalar oromgohlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chor-tadbirlar yuzasidan ishtirokchilarga zarur tavsiyalar, tushunchalar berildi.

Tadbir davomida Xizr eli mahallasi hududida joylashgan 46-sonli maktabning 300-oʻrinli qoʻshimcha binosi qurilishini amalga oshirayotgan “Sanjar-Diyor building” MChJ quruvchilari tomonidan mazkur qurilish obʼektida amalga oshirilayotgan ishlar yongʻin xavfsizligi qoidalariga qay darajada javob berishi, ishchi-xodimlarning favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish zarurligi toʻgʻrisidagi bilim va malakalari oʻrganildi.

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va tegishli soha mutaxassislari mazkur qurilish boʻyicha loyiha hujjatlari bilan ham tanishib, bajarilayotgan ishlar loyihada koʻrsatilgan qurilish meʼyoriy talablariga mos kelish-kelmasligi bilan batafsil tanishib chiqdilar hamda quruvchilarga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kerakli maslahatlar berdilar. Bu boʻyicha eslatmalar ham tarqatilib, qurilish obʼektida ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish, qurilish olib borilayotgan hududda keraksiz chiqindilarni yoqmaslik, vaqtinchalik tortilgan elektr simlardan foydalanmaslik boʻyicha amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

Ayni kunlarda tumanimizda “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kun” tadbirlari Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va tegishli soha mutaxassislari tomonidan ovul va mahallalarda, muassasa va tashkilotlarda keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Oʻtkazilayotgan amaliy tadbirlardan koʻzlangan maqsad esa bitta – xalqimizni har qanday koʻrinishdagi favqulodda vaziyatlarda ishonchli himoya qilish, ayniqsa, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, jamiyatimizda tinch, xotirjam va osoyishta, farovon hayot barqarorligi uchun munosib hissa qoʻshishdir.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026