Yoşlar hayotiga özgarişlar olib kirayotgan yetakçi
Bugungi kunda “Mahalla yettiligi” aʼzolari zimmasidagi vazifalar kölami yanada kengaygan. Aholining iş bilan bandligini taʼminlaş borasidagi natijalar, amalga oşirilayotgan ijobiy işlar öz-özidan bölayotgani yöq. Bu kabi işlarni amalga oşirişda muammoli masalalarga aloqador taşkillotlar bilan samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dörman ovul fuqarolar yiğinida faoliyat olib boruvçi “mahalla yettiligi” aʼzolari ham ana şunday hamkorlik tufayli ovul ahli hayotiga oid muammolarni joyiga çiqqan holda ijobiy hal etişga erişmoqdalar. Bu borada OFY yoşlar yetakçisi Baxtinur Jumamurodov hamişa faol. Baxtinurning OFYda yoşlar yetakçisi sifatida öz faoliyatini boşlaganiga hali köp vaqt bölgani yöq. Şunday bölsa-da u özining taşabbuskorligi, qilayotgan işiga nisbatan çuqur masʼuliyat bilan yondaşişi tufayli nafaqat ovul yoşlari, balki hamqişloqlarining hurmati va işonçini qozona oldi.
Atrofimizda şunday insonlar bor: bilimdon, öz sohasining ustasi lekin ana şu bilim va salohiyatini amalda namoyon qilişga, boşqalarni ham bilim va tajribasidan bahramand etişga kelganida nihoyatda sust, özidan narini körmay yaşaşadi. Yana bir toifa insonlar ham borki, uddaburon, taşabbuskor, özidagi bor iqtidor va qobiliyatini işga solişda öta qatʼiyatli, jamiyatimizda röy berayotgan yangilik va özgarişlarni xalq hayotiga joriy etişda fidoyi. Nazarimda Dörman ovul fuqarolar yiğini yoşlar yetakçisi Baxtinur Jumamurodov ana şunday fidoyilardan.
Baxtinurning yoşlar yetakçisi sifatida bajaradigan işlar kölami “Mahalla yettiligi” aʼzolarinikidan köp bölsa köpki, kam emas. Çunki ovul yoşlarining özlariga yaraşa orzu-niyatlari, şu bilan birga muammolari ham bisyor. Şu bois, Baxtinur “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda bajariladigan işlar rejasidan taşqari yon daftariga ovul yoşlari hayotiga doir yeçimini kutayotgan muammolarni qayd etib borişni aslo kanda qilmaydi va ularni tizimli ravişda hal etiş çoralarini köradi.
Uning nazaridan bironta yoş çetda qolmaydi. Birining muammosini hal etib, hayotiga yaxşilik, ijobiy özgarişlar olib kirganidan, yana birining hayotda erişgan yutuqlaridan quvonadi. Yoşlarning iş bilan bandligini taʼminlaş esa yoşlar yetakçisining doimiy diqqat markazida. Faqat joriy yilning özida 14 nafar yoşga e-auksion elektron savdo platformasi orqali 30-yil davomida ekib, foydalanişlari uçun ijaraga yer olib berildi. Şaxsiy tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan 4 nafar yoşga ovuldagi hokim yordamçisining kömagi bilan imtiyozli kredit mablaği olib berilişida boş-qoş böldi.
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikdagi uyma-uy yurib örganişlar, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar natijasida yoşlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami röyxati şakllantirildi. Unga köra, 12 nafar talaba-yoşlar “Yoşlar daftari”ga kiritilib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxşilaş çoralari körildi. Natijada 12 nafar talaba-yoşlarning tölov-şartnoma mablağlarining bir qismi qoplab berildi. 1 nafar yoşning esa safarbarlik çaqiruv rezervi uçun badal puli tölanişida yordam körsatildi. “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilgan yana 2 nafar yoşning bandligini taʼminlaş maqsadida ularga hokim yordamçisi bilan birgalikda subsidiyalar ajratiş çoralari körilmoqda.
Baxtinur ovul yoşlari orasiga kirib borgani sari uning yon daftaridagi şaxsiy iş rejalari böyiça qaydlar ham köpayib boraveradi. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beş muhim taşabbus doirasidagi tadbirlarning ovul yoşlari örtasidagi ommaviyligini taʼminlaş maqsadida madaniyat va sanʼat tarğiboti, soğlom turmuş tarzi va sportni ommalaştiriş, axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş, kitobxonlikni keng ommalaştiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va savodxonligini oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş yönalişlarida ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga yoşlarni töliq qamrab olişni özining burçi deb bilgan Baxtinur Jumamurodovning hayoti ovul yoşlari hayoti bilan çambarças boğlanib ketgan.
— Ovulimiz yoşlari intiluvçan, bilimga çanqoq, – deydi Baxtinur mamnuniyat bilan. – Agar axborot texnologiyalari yönalişida zarur şaroitlarni yaratib bersak, ularning orasidan kuçli IT mutaxassislari yetişib çiqadi.
Ovulda tez-tez yoşlar orasida ötkazilib turiladigan kiber sport öyinlari tobora ommalaşib bormoqda. Yaqinda bölib ötgan ana şunday kiber sport musobaqalarida 25 nafar yoşlar iştirok etişdi. “Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlarda esa 346 nafar yoşlar qatnaşib, ular örtasida madaniyat va sanʼat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, huquqiy savodxonlikni oşiriş, xorijiy tillarni örganiş, vatanparvarlik ğoyalari keng tarğib qilindi. “Kitobxon öquvçi”, “Xorijiy tillar bilimdoni” yönalişlaridagi tanlovlarda salkam 100 nafar yoşlar iştirok etişib, öz bilimdonliklarini amalda namoyon etdilar.
Baxtinur Jumamurodovning iş kunlari deyarli har kuni ovul yoşlarining hayoti bilan çambarças, xayrli taşvişlar, ezgu niyatlar bilan ötadi. Bu xayrli taşvişlar, ezgu niyatlarda dörmanlik yoşlarning kelajakka bölgan işonç va orzulari mujassam. Zero, orzular oğuşidagi hayot tarzida özgariş va yangilanişlar böladi. Bu Dörman qişloğining betakror va gözal tabiatida, qişloq yoşlarining intilişlarida, biri-biridan obodon va sarişta xonadonlar, boğlarga burkangan köçalar qiyofasida aks etib turibdi. Ana şu özgarişlarda, yangilanişlarda dörmanlik yoşlarning va OFY yoşlar yetakçisi Baxtinur Jumamurodovning ham hissasi bor.
Fursatdan foydalanib, Baxtinur kabi fidoyi yoşlarni, ovul va mahallalardagi taşabbuskor yoşlar yetakçilarini 30-iyun – Yoşlar kuni bilan tabriklab, ularning kelgusidagi işlariga omad va muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz!
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶