17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:32
Jamiyat 👁 317

Aholi xonadonlarida favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda

Aholi xonadonlarida favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish, munosib sharoitlarda yashashlarini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli qishloq va mahallalardagi aholi xonadonlari tobora obod va koʻrkam qiyofa kasb etmoqda. Ayniqsa, mutasaddi tashkilotlar masʼullarining oʻzaro hamkorligi bois, eng chekka hududlardagi xonadonlarda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Chunki ana shunday nazorat tadbirlari doirasida aholi xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining qay darajada sozligi, shu bilan birga favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda himoya vositalari bilan taʼminlanganlik holatlari oʻrganilib, aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. Zarur paytlarda esa amaliy yordamlar ham koʻrsatilmoqda.

Ana shunday targʻibot-tashviqot maqsadidagi nazorat tadbirlaridan biri joriy yilning Mangʻit shahrining Chordara mahallasida ham oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Mahmud Seydullayev, Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari Bahodir Ernazarov, Favqulodda vaziyatlar boʻyicha Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi kapitan Zafar Ahmedovlar hamda favqulodda vaziyatlar boʻyicha tumanda faoliyat olib boruvchi ishchi guruh aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirda masʼullar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 21-may kungi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi ovul va mahallalar hududlaridagi barcha turar joylarda mavjud boʻlgan isitish qozonlari, agar uy ichkarisida joylashtirilgan boʻlsa, ularni tashqariga oʻrnatish boʻyicha rejaga muvofiq olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida masʼullar Chordara mahallasining Ozodlik koʻchasida istiqomat qiluvchi xonadon egalari bilan uchrashib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, isitish qozonxonalarining sozligi, qozonxonalardagi havo almashish uskunalarining texnik holati, shuningdek, moʻrilarning qay darajada talabga mosligi, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda amal qilish lozim boʻlgan birlamchi vazifalar yuzasidan fuqarolarga zarur tavsiyalar, tushunchalar berdilar.

Ayni paytda Amudaryo tumani hududida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumi davrida turli koʻrinishdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida yakka tartibdagi hamda koʻp qavatli uylarda ikki konturli isitish qozonlarini oʻrnatish va ularning samaradorligi, xavfsizlikni taʼminlash borasidagi alohida afzalliklari yuzasidan aholi va tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasida keng tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar tufayli tumanning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi aholi oʻz xonadonlaridagi isitish tizimlari va qozonxonalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlab, uy ichkarisiga oʻrnatilgan qozonxonalarni xonadon tashqarisiga, xavfsiz joyga oʻrnatish ishlarini amalga oshirmoqda. Koʻrilayotgan barcha chora-tadbirlar aholini favqulodda vaziyatlarda ishonchli himoya qilishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday tadbirlar aholining mavsumiy sharoitlarga moslashishi va ularning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Muhimi, bu kabi tadbirlar aholi oʻrtasida mavsumiy muammolarning hamda turli noxush holatlarning oldini olish, favqulodda holatlar sodir boʻlganda ularga tezkor yordam koʻrsatish imkonini beradi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026