Jamoat işlari aholi bandligini, şahrimiz va köçalarimiz ozodaligini taʼminlaşga xizmat qilayapti
Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qiliş, eksport salohiyatini oşiriş, taşqi investitsiyalarni jalb qiliş, tadbirkorlarni qöllab quvvatlaş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirişni rağbatlantiriş va şu kabi boşqa islohotlar natijasida har yili minglab yangi iş örinlari yaratilmoqda. Bu öz navbatida öta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoşlar bandligini taʼminlaş imkonini bermoqda.
Maʼlumki, 2017-yil 24-mayda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni va şu yilning 12-sentyabr sanasida “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilinib, aholi bandligini taʼminlaş borasidagi işlarni yangi bosqiçga kötargan edi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori asosida işsiz aholini bosqiçma-bosqiç jamoat işlariga jalb etiş rejasi tasdiqlandi.
Uşbu qonunçilik hujjatlari ijrosi natijasida qişloq va olis tumanlardagi band bölmagan fuqarolarni ovul va mahallalarni obodonlaştiriş, ariqlarni tozalaş, yöllar va köçalarni taʼmirlaş va şu kabi boşqa haq tölanadigan jamoat işlariga jalb etiş orqali aholi bandligi taʼminlanib, oilalarga qöşimça daromad manbalari yaratilmoqda.
Amudaryo tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimiga joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida jami 1752 nafar fuqaro iş sörab murojaat qilgan. Bölim tomonidan 1453 nafar fuqaroga doimiy işlaş uçun, 241 nafar fuqaroga esa jamoatçilik asosida işlaş uçun yöllanmalar berilgan. Bugungi kunda jamoat işlariga jalb qilingan fuqarolarning 126 nafari iş yurituvçi, 112 nafari esa obodonlaştiriş xodimi vazifasida faoliyat yuritmoqda. Ularning iş haqlari belgilangan tartibda Jamoat işlari jamğarmasi tomonidan tölab kelinmoqda.
Amaldagi tartibga köra, vaqtinça işsiz fuqarolar jamoat işlariga jalb etilganda bajargan işi uçun rasman maoş olişadi. Haq tölanadigan jamoat işlariga byudjet taşkilotlari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan jalb qilingan işsiz va band bölmagan şaxslarga iş haqining 100 foizi, boşqa taşkilotlar, tadbirkorlik subʼektlari, nodavlat taşkilotlari tomonidan jalb qilingan şaxslarga esa iş haqi 50 foizi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.
Şuni taʼkidlaş lozimki, jamoat işlari – taşkilotlar, xöjaliklar va muassasalarda yuqori malaka talab qilmaydigan va mavsumiy, vaqtinçalik, haq tölanadigan işlar hisoblanadi. Jamoat işlari mavsumiy, hududiy yoki aholining alohida toifalarini qamrab olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taşkil etiladi. Jamoat işlari aksariyat hollarda vaqt jihatidan qisqa davom etib, alohida ixtisoslikni talab qilmaydi.
Iş bilan taʼminlanmagan va jamoat işlarida mehnat qiliş istagidagi fuqarolar iş sörab Amudaryo tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimiga murojaat etişlari mumkin. Bölim tomonidan doimiy taşkil qilib kelinayotgan böş iş örinlari “Mehnat yarmarkasi” ham aholi bandligini taʼminlaşda muhim omil bölib kelmoqda.
Şahrimiz va köçalarimiz ozodaligi yölida mehnat qilayotgan yutdoşlarimizga quç-quvvat tilaymiz. Ularning oğir mehnatlari sabab atrof-muhit obod va tabiatimiz körkam qiyofa kasb etayapti.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶