Ichki ishlar boʻlimi binosida ochiq va sayyor sud majlisi oʻtkazildi
2024-yil 13-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi va Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan tuman Ichki ishlar boʻlimi binosida ochiq va sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Dastlab Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Askar Safarov raisligida hamda sudya yordamchisi Fazilat Yuldashova kotibaligida oʻtkazilgan sayyor va ochiq sudda tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarga nisbatan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalar koʻrib chiqildi.
Aytish joizki, sayyor sud majlislari adolatli va shaffof sudlov tizimini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu turdagi majlislar aholining sudda ishtirokini osonlashtirish, ishtirok etuvchilarning huquqiy ongni oshirishda ham muhim vosita sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarga nisbatan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalarni sudda koʻrib chiqish jarayoni aniq qonunlar va reglamentlar asosida amalga oshiriladi. Maʼmuriy bayonnomalar, oʻz navbatida, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimi orqali rasmiylashtiriladi va koʻrib chiqiladi. Bu jarayonda, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish va koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari tomonidan ishlar elektron shaklda yuborilishi, shuningdek, ishga taalluqli hujjatlar QR-kod bilan tasdiqlanishi kerak.
Ushbu sayyor sudda profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarga nisbatan tuzilgan maʼmuriy ishlarni ochiq tarzda koʻrib chiqishdan maqsad huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash va kelgusida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldini olishdir.
Shundan keyin Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxit Davletmuratov fuqarolar va ularni qiynayotgan masalalar boʻyicha ogʻzaki murojaatlar va savollarni joyida oʻrganib chiqib, ularga tegishli yoʻnalishlar berdi.
Ishtirokchilarga Oʻzbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning huquqiy tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan amaliy ishlar haqida maʼlumotlar berildi. Jumladan, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, sudlarning shaffofligini oshirish va fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish kabi yoʻnalishlarda qilinayotgan ishlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Huquqiy targʻibot ishlarining kuchaytirilib, aholining huquqiy savodxonligi oshirilishiga qaratilgan tadbirlar koʻlami kengayib borayotgani esa fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash hamda ularning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Bunday majlislar kelgusida fuqarolarning murojaatlari va savollari bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish hamda tegishli maslahatlar berish orqali aholining odil sudlov tizimiga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶